TOSHKENT, 23 avg – Sputnik. Oʻzbekiston prezidentning energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishga oid qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra:
- xususiy xonadonlarda quyosh fotoelektrik stantsiyalari (oʻrtacha 2 kVt) va quyosh suv isitkichlari (oʻrtacha 200 litr) oʻrnatiladi;
- nostandart gaz-gorelkali qurilmalari energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalarga almashtiriladi.
2020 yil 1 yanvardan:
- jismoniy shaxslarga quyosh fotoelektrik stantsiyalari, quyosh suv isitkichlari, shuningdek, energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalarni sotib olish xarajatlarining 30 foizi miqdorida, biroq:
- quyosh fotoelektrik stantsiyalari uchun – 3 million soʻmdan;
- quyosh suv isitkichlar uchun – 1,5 million soʻmdan;
- gaz-gorelkali qurilmalar uchun – 200 ming soʻmdan oshmaydigan miqdorda kompensatsiyalar taqdim etiladi.
Oʻzbekistonda quyosh panellari ishlab chiqariladi
Qaror bilan 2019 yil 1 sentyabrdan boshlab ilgari foydalanilgan generator uskunalari, kuchlanishni pasaytiruvchi transformatorlar, elektr dvigatellar, shuningdek, energiya samaradorligi D toifadagi energiya sarflovchi uskunalarni respublika hududiga olib kirish taqiqlanadi.