Hodisalar

Toshkentda haydovchi oʻzaro janjalda ikki kishini arra bilan jarohatladi

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Chilonzorda Spark va Hyundai haydovchilari bir-biriga yoʻl bermasdan oʻzaro janjallashishgan. Natijada Spark haydovchisi mashinasidan arrani olib, Hyundai haydovchisi va uning yoʻlovchisiga jarohat yetkazgan.

TOSHKENT, 23 avg – Sputnik. Toshkentda haydovchi oʻzaro janjalda ikki kishini arra bilan jarohatladi.

IIBB xabariga koʻra, Chilonzor tumanida 13 avgust kuni Spark rusumli avtomobil haydovchisi 28 yoshli SH.M. va Hyundai rusumli avtomobil haydovchisi 36 yoshli Q.YU. Kichik xalqa avtomobil yoʻli koʻchasida ketayotib, bir-biriga yoʻl bermasdan oʻzaro urushib ketishgan.

Janjal davomida SH. mashinasidan arrani olib, Q. va u bilan birga boʻlgan yoʻlovchi 27 yoshli X.A.larga jarohat yetkazgan. Oʻz navbatida ular ham Spark haydovchisi SH.ga tan shikastlari yetkazishgan. Natijada har uchalasi tibbiy yordamga murojaat qilishgan.

Ushbu fakt boʻyicha Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 277-moddasi (“Bezorilik”) bilan jinoiy ish qoʻzgʻatildi.

Yangiliklar lentasi
0