Putin Shavkat Mirziyoyevni Moskvadagi G‘alaba paradiga taklif qildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPrezident Rossii Vladimir Putin i prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Rossii Vladimir Putin i prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston rahbariga Ulug‘ vatan urushidagi G‘alabaning 75-yilligini nishonlashda ishtirok etish uchun taklifnoma yo‘lladi.

TOShKENT, 24 avg – Sputnik. Rossiya yetakchisi Vladimir Putin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Ulug‘ vatan urushidagi G‘alabaning 75-yilligi munosabati bilan 2020-yil 9-mayda bo‘lib o‘tadigan  G‘alaba paradiga taklif qildi. Bu haqda Sputnik O‘zbekistonga tadbirga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni bilan tanish bo‘lgan Rossiya prezidenti administratsiyasidagi manba ma’lum qildi.

Sputnik agentligi suhbatdoshining so‘zlariga qaraganda, paradga MDH davlatlarining barcha yetakchilari hamda Janubiy Osetiya va Abxaziya rahbarlari taklif etilgan. 

Avvalroq G‘alabaning 75-yilligiga Putin Fransiya, Xitoy, AQSh, Shimoliy Koreya, Hindiston va Pokiston yetakchilarini taklif qilgani ma’lum qilingan edi.

2015 yilda Rossiya poytaxtidagi G‘alaba paradiga 23 ta davlat rahbari hamda BMT va YuNESKO rahbarlari tashrif buyurgan.

Yangiliklar lentasi
0