Turizm

Surxondaryo tarixi dunyo xalqlari tarixining ajralmas qismidir – viloyat hokimi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaXokim Surxandarinskoy oblasti Tura Bobolov
Xokim Surxandarinskoy oblasti Tura Bobolov - Sputnik Oʻzbekiston
Curxon vohasi uzoq va boy tarixga ega va viloyatda 559 ta madaniy meros yodgorliklari mavjud.

TOSHKENT, 24 avg – Sputnik. Termiz shahrida “Oʻzbekiston tsivilizatsiyalar chorrahasi” konferentsiyasi boʻlib oʻtmoqda, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Soʻzga chiqqan Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Bobolov Surxondaryo viloyati tarixi faqatgina bir mamlakat yoki xalqning tarixi boʻlib qolmay, balki dunyo xalqlari tarixining ajralmasmas qismi ekanini qayd etdi. Viloyat hokimi Curxon vohasi uzoq va boy tarixga egaligi va viloyatda 519 ta madaniy meros yodgorliklari mavjudligini maʼlum qildi.

Torgovlya suvenirami dlya turistov - Sputnik Oʻzbekiston
Turizm
Madaniy meros obʼyektlari hududida faqat Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan suvenirlar sotiladi

Shuningdek, akademik Edvar Rtveladze rahbarligida Kampirtepada olib borilgan tadqiqotlar natijasi ─ Oksiana Iskandariyasi haqida maʼlumotlar eʼlon qilinishi va bu hech kimni befarq qoldirmasligini taʼkidladi.

Konferentsiya ishtirokchilari Surxondaryo hududidagi qadimgi shaharchalar, qazishma hududlari, tarixiy yodgorliklarni borib koʻrishadi.

Oʻzbekistonda 22-27 avgust kunlari “Oʻzbekiston buyuk yoʻllar va tsivilizatsiyalar chorrahasi: imperiyalar, dinlar, madaniyatlar” madaniy meros haftaligi boʻlib oʻtmoqda. Haftalik anʼanaviy “Sharq taronalari” XII xalqaro musiqa festivali bilan yakuniga yetadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala