Jamiyat

“Toshkent-Urganch” yoʻnalishidagi avtobus haydovchisiga chora koʻriladi – Transport vazirligi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlarda haydovchi avtobus yoʻlovchilar bilan toʻla boʻlishiga qaramasdan xavfsizlik qoidalarini qoʻpol ravishda buzib, yoʻl-yoʻlakay avtobusga qoʻshimcha yoʻlovchilarni olgani aks ettirilgan. Chiptasiz yoʻlovchilar esa avtobusning oʻrindiqlar oraligʻidagi yoʻlakka oʻtirib olishgan.

TOSHKENT, 24 avg – Sputnik. Oʻzbekiston Transport vazirligi “Toshkent-Urganch” avtobusidagi holat boʻyicha izoh berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkent” avtovokzalidan harakatlanishni boshlagan “Toshkent-Urganch” yoʻnalishidagi “Uzautotrans Service” MCHJga tegishli avtobusda olingan suratlar paydo boʻldi. 

Ushbu suratlarda avtobus haydovchisi barcha oʻrindiqlarga chipta sotilgan va yoʻlovchilar bilan toʻla boʻlishiga qaramasdan korxona ichki tartib qoidalarini va tashuvlar boʻyicha xavfsizlik qoidalarini qoʻpol ravishda buzib, yoʻl-yoʻlakay avtobus saloniga qoʻshimcha yoʻlovchilarni olgani, chiptasiz yoʻlovchilar esa avtobusning oʻrindiqlar oraligʻidagi yoʻlakka oʻtirib olgani aks ettirilgan.

Avtobus vʼyezjayet na trasportnuyu razvyazku - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Samarqandda yoʻlkira narxini oʻzboshimchalik bilan oshirgan haydovchi kechirim soʻradi

Bu oʻz navbatida boshqa yoʻlovchilarga noqulayliklar keltirib chiqarib, ularning haqli eʼtiroziga sabab boʻlgan. Yoʻlovchilardan biri mazkur vaziyat yuzasidan “Toshkent” avtovokzalining ishonch raqamiga qoʻngʻiroq qilib, ariza qoldirgan.

Transport vazirligi xabarida mazkur holat yuzasidan kelib tushgan ariza zudlik bilan “Uzautotras Service” MCHJ rahbariyati bilan muhokama qilingani qayd etilgan.

Shuningdek, vazirlik tashuvlar boʻyicha xavfsizlik qoidalarini qoʻpol ravishda buzgan haydovchi va mutasaddi xodimlarga tegishli choralarni koʻrish masalasi koʻrib chiqilayotgani qoʻshimcha qilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala