Ramzan Qodirovga Shavkat Mirziyoyevning qimmatbaho sovg‘asini yetkazishdi

© VKKadirov pokazal senniy podarok ot Shavkata Mirziyoyeva - foto
Kadirov pokazal senniy podarok ot Shavkata Mirziyoyeva - foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Ramzan Qodirovga O‘zbekistonda saqlanayotgan eng qadimiy Qur’on nusxasini sovg‘a qildi.

TOShKENT, 25 avg - Sputnik. Chechenistonda 23-avgust kuni Muhammad payg‘ambar masjidi ochilish marosimida ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi Ramzan Qodirovga prezidentining qimmatbaho sovg‘asini topshirdi. Bu haqida Ramzan Qodirov VKontakte tarmog‘ida xabar qildi.

“Uchrashuv davomida Rustam Qosimov menga juda qimmatbaho sovg‘a topshirdi – bu Toshkentdagi Muyi Muborak masjidida saqlanayotgan Qur’onning eng qadimiy nusxasidir. Men mehmonga rahmat aytib, qardosh O‘zbekiston gullab-yashnashini tiladim”, - deb yozgan Ramzan Qodirov.

“Bizning xalqarimizni mustahkam do‘stlik rishtalari bog‘lab turadi. Biz o‘zaro munosabatlarimizni mustahkamlash va kengaytirish tarafdorimiz. Biz O‘zbekistonga chuqur hurmat bilan qaraymiz”, - dedi Ramzan Qodirov O‘zbekiston delegatsiyasiga.

Shuningdek, Ramzan Qodirov uning otasi, Checheniston birinchi prezidenti Ahmad Hoji Qodirov ham islom dini ilmini O‘zbekistonda o‘rganganini esga oldi.

Eslatib o‘tamiz, 23-avgust kuni Chechenistonning Shali shahrida Yevropada eng yirik masjid – Muhammad payg‘ambar masjidi ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan edi. Unda O‘zbekiston bosh muftiysi Usmonxon Alimov hamda prezident maslahatchisi Rustam Qosimovlar ham ishtirok etishgan edi.

© VKKadirov pokazal senniy podarok ot Shavkata Mirziyoyeva - foto
Ramzan Qodirovga Shavkat Mirziyoyevning qimmatbaho sovg‘asini yetkazishdi  - Sputnik O‘zbekiston
Kadirov pokazal senniy podarok ot Shavkata Mirziyoyeva - foto
Yangiliklar lentasi
0