2036 yilda Rossiyada erkaklar defitsiti boshlanadi

CC0 / Unsplash / Alice Donovan Rouse / Mujchina i jenshina derjat drug druga za ruku
Mujchina i jenshina derjat drug druga za ruku - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyada erkaklar defitsitining asosiy sababi – alkogolli ichimliklarni ko‘p iste’mol qilish ekan.  

TOShKENT, 26 avg - Sputnik. Rossiyada 2036-yilda erkaklar yetishmovchiligi boshlanadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Ekspertlar aytishiga qaraganda, buning sababi – mehnatga layoqatli yoshdagi erkaklar orasida o‘lim holati ko‘pligidir.

“Tug‘ilish vaqti o‘g‘il va qiz bolalar soni o‘rtacha bir xil bo‘ladi: masalan 0-4 yoshli bolalar orasida mingta o‘g‘il bolaga 947ta qiz bola to‘g‘ri keladi. 20-25 yoshga kelib mingta o‘g‘il bolaga 1023ta qiz bola to‘g‘ri keladi. Undan katta yoshlarda esa – vaziyat yanada keskinlashadi", - deydi Plexanov nomli RIUning Statistika fakulteti dotsenti Aleksandr Timofeyev.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Rossiyada 2019-yilda 1000 nafar erkakka 1 154 ta ayol to‘g‘ri keladi. 2036-yilgna kelib 1000 nafar erkakka 1128ta ayol to‘g‘ri keladi. Ushbu vaziyat Chukotkadan tashqari Rossiyaning barcha hududlariga taaluqlidir. Ushbu sovuq o‘lkada hozir mingta erkakka 956ta ayol to‘g‘ri keladi. 2036-yilga kelib 813ta ayol to‘g‘ri keladi. Undan tashqari 2031-yildan boshlab Kamchatkada ham erkaklar soni ayollarga qaraganda ko‘proq bo‘ladi.

Sotrudnik militsii v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda piyonista erkaklar ro‘yxati tuzildi

Shunday qilib, 60 yoshli fuqarolar orasida ayollar bir erkakka ikki ayol to‘g‘ri keladi. Bu o‘z navbatida jamiyatda ma’lum demografik muammolar keltirib chiqarishi mumkin. Xususan, oilalarda erkaklar va ayollar munosabatlarining an’anaviy xarakteri o‘zgarishib, ko‘proq hamkorlik tusiga kirishiga olib kelishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning mart oyida Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Veronika Skvorsova erkaklar o‘limining eng asosiy sababini aytgan edi. Vazir aytishiga qaraganda – 70 % holatlarda balog‘at yoshidagi erkaklar alkogolli ichimliklarni meyoridan ortiq iste’mol qilishdan vafot etar ekanlar.

Yangiliklar lentasi
0