Rossiya Turkiyaga S-400᾽ning navbatdagi partiyasini qachondan yetkazib berishi ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Sergey Pivovarov / Mediabankka o‘tishZenitno-raketniy kompleks S-400 "Triumf"
Zenitno-raketniy kompleks S-400 Triumf - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya Mudofaa vaziri Xulusi Akar “Triumf” zenit-raketa majmualarini yetkazib berish davom etishini ma’lum qildi.

TOShKENT, 26 avg – Sputnik. Turkiya Mudofaa vaziri Xulusi Akar “Triumf” zenit-raketa majmualarini yetkazib berish davom etishini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

“Ertadan boshlab (27 avgustdan – tahr.) S-400 zenit-raketa majmualarini yetkazib berish va tashish boshlanadi”, - deyiladi xabarda.

Rossiya Turkiyaga S-400ning to‘rtta divizionini yetkazib berishi kerak. Ularning qiymati 2,5 milliard dollarga baholanmoqda. S-400 bo‘yicha kelishuvning bir qismini Anqaraning o‘zi to‘laydi, bir qismi Rossiya krediti hisobiga amalga oshiriladi.

ZRS S-400 Triumf - Sputnik O‘zbekiston
AQSh hasaddan S-400 kamchiliklarini izlamoqda – ekspert

Rossiya 12-iyuldan Turkiyaga S-400 qismlarini yetkazib berishni boshladi. Hozirda majmuaning qolgan qismlarini yetkazib berish davom ettirilmoqda.

Turkiyaning Rossiyadan havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini xarid qilishi xalqaro janjalni keltirib chiqardi: AQSh Anqaradan bu kelishuvdan voz kechishni va o‘rniga o‘zining Patriot majmualarini xarid qilish talabini qo‘ydi.

Ushbu taklif rad etilgan holatda Vashington Anqaraga yangi F-35 qiruvchilari savdosini ushlab turish yoki umuman bu kelishuvdan voz kechish bilan dag‘dag‘a qildi. Ammo Turkiya ortga chekinishdan bosh tortdi. Turkiya prezidenti Erdo‘g‘an S- 400 kelishuvini Turkiya tarixidagi eng muhim kelishuv deb atadi.

Ma’lumot uchun, S-400 "Triumf" — o‘rta va uzoq masofalarga mo‘ljallangan yangi zenit raketa majmuasi bo‘lib, uni kechayu-kunduz, har qanday lanshdaft va kuchli radioelektron ta’sir sharoitlarida ham qo‘llash mumkin.

Yangiliklar lentasi
0