Jamiyat

Maktab darsliklari ijara narxlari eʼlon qilindi

© MinyustShkolnыe uchebniki
Shkolnыe uchebniki - Sputnik Oʻzbekiston
Yangi oʻquv yili uchun umumtaʼlim maktab darsliklari ijara narxlari eʼlon qilindi.

TOSHKENT, 27 avg – Sputnik. Xalq taʼlimi vazirligi 2019/2020 oʻquv yili uchun 2-sinfdan 11-sinfgacha boʻlgan oʻquvchilar uchun darsliklar toʻplami ijara toʻlovi miqdorini belgiladi. Bu haqida Huquqiy axborot kanali xabar qilmoqda.

Umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari uchun darslikdan iborat toʻplamning ijara narxlari:

  • 1 –sinflar uchun – bepul;
  • 2-sinflari uchun 12 ta darslik – 23 200 soʻm;
  • 3-sinflar uchun 10 ta darslik – 25 800 soʻm;
  • 4-sinflar uchun 11 ta darslik – 18 300 soʻm;
  • 5-sinflar uchun 13 ta darslik – 13 000 soʻm;
  • 6-sinflar uchun 15 ta darslik – 15 800 soʻm;
  • 7-sinflar uchun 16 ta darslik – 20 000 soʻm;
  • 8-sinflar uchun 16 ta darslik – 40 700 soʻm;
  • 9-sinflar uchun 16 ta darslik – 38 500 soʻm;
  • 10-sinflar uchun 17 ta darslik – 27 200 soʻm;
  • 11-sinflar uchun 19 ta darslik - 34 700 soʻm.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 2001 yildan boshlab ota-onalarga yanada qulaylik yaratish maqsadida umumtaʼlim maktablari darsliklariga ijara tizimi joriy qilingan.

Shkolnaya forma - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Maktab formasi: mojaro tugagani yoʻq. Tadbirkor oʻz mahsulotiga xaridor topa olmayapti

Belgilangan tartibga koʻra, darsliklar yoʻqolgan yoki yaroqsiz holatga kelib qolgan taqdirda, oʻquvchining ota-onasi yoki ularning homiylari zararni xuddi shunday darsliklar bilan qoplaydi yoki uning qiymatini quyidagi miqdorlarda toʻlaydi: 1-sinf oʻquvchilari yoʻqolgan darslikning – 1 baravari miqdorida, 2-4 sinf oʻquvchilari — 2 baravari miqdorida, 5-9 sinf oʻquvchilari —4 baravari miqdorida.

Shuningdek, birinchi sinf oʻquvchilari, «Mehribonlik» uylari, maxsus maktab va maktab-internatlarning tarbiyalanuvchilari boʻlgan oʻquvchilar va ijtimoiy yordamga muhtoj boʻlgan oilalardagi oʻquvchilar umumtaʼlim maktabi kutubxona jamgʻarmasi tomonidan darsliklar toʻplami bilan bepul taʼminlanadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala