Maktab darsliklari ijara narxlari e’lon qilindi

© MinyustShkolnie uchebniki
Shkolnie uchebniki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi o‘quv yili uchun umumta’lim maktab darsliklari ijara narxlari e’lon qilindi.

TOShKENT, 27 avg – Sputnik. Xalq ta’limi vazirligi 2019/2020 o‘quv yili uchun 2-sinfdan 11-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilar uchun darsliklar to‘plami ijara to‘lovi miqdorini belgiladi. Bu haqida Huquqiy axborot kanali xabar qilmoqda.

Umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun darslikdan iborat to‘plamning ijara narxlari:

  • 1 –sinflar uchun – bepul;
  • 2-sinflari uchun 12 ta darslik – 23 200 so‘m;
  • 3-sinflar uchun 10 ta darslik – 25 800 so‘m;
  • 4-sinflar uchun 11 ta darslik – 18 300 so‘m;
  • 5-sinflar uchun 13 ta darslik – 13 000 so‘m;
  • 6-sinflar uchun 15 ta darslik – 15 800 so‘m;
  • 7-sinflar uchun 16 ta darslik – 20 000 so‘m;
  • 8-sinflar uchun 16 ta darslik – 40 700 so‘m;
  • 9-sinflar uchun 16 ta darslik – 38 500 so‘m;
  • 10-sinflar uchun 17 ta darslik – 27 200 so‘m;
  • 11-sinflar uchun 19 ta darslik - 34 700 so‘m.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2001-yildan boshlab ota-onalarga yanada qulaylik yaratish maqsadida umumta’lim maktablari darsliklariga ijara tizimi joriy qilingan.

Shkolnaya forma - Sputnik O‘zbekiston
Maktab formasi: mojaro tugagani yo‘q. Tadbirkor o‘z mahsulotiga xaridor topa olmayapti

Belgilangan tartibga ko‘ra, darsliklar yo‘qolgan yoki yaroqsiz holatga kelib qolgan taqdirda, o‘quvchining ota-onasi yoki ularning homiylari zararni xuddi shunday darsliklar bilan qoplaydi yoki uning qiymatini quyidagi miqdorlarda to‘laydi: 1-sinf o‘quvchilari yo‘qolgan darslikning – 1 baravari miqdorida, 2-4 sinf o‘quvchilari — 2 baravari miqdorida, 5-9 sinf o‘quvchilari —4 baravari miqdorida.

Shuningdek, birinchi sinf o‘quvchilari, «Mehribonlik» uylari, maxsus maktab va maktab-internatlarning tarbiyalanuvchilari bo‘lgan o‘quvchilar va ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lgan oilalardagi o‘quvchilar umumta’lim maktabi kutubxona jamg‘armasi tomonidan darsliklar to‘plami bilan bepul ta’minlanadi.

Yangiliklar lentasi
0