Jamiyat

Mirziyoyev DXX rahbariyati bilan davlat chegaralarini qoʻriqlash masalasini muhokama qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSoveщaniye, posvyaщennoye voprosam sovershenstvovaniya sistemы oxranы i zaщitы Gosudarstvennoy granitsы Respubliki Uzbekistan.
Soveщaniye, posvyaщennoye voprosam sovershenstvovaniya sistemы oxranы i zaщitы Gosudarstvennoy granitsы Respubliki Uzbekistan. - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida davlat chegaralarini qoʻriqlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

TOSHKENT, 27 avg – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 27 avgust kuni Oʻzbekiston Davlat chegaralarini qoʻriqlash va himoya qilish tizimini takomillashtirish masalalariga bagʻishlangan ishchi yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Granitsa mejdu Kыrgыzstanom i Kazaxstanom - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Davlat chegara oʻtkazish punktlarida pullik xizmatlar - hukumat qarori loyihasi

Tadbirda Oʻzbekiston Prezidenti Administratsiyasi, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati, Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) rahbariyati, shuningdek, DXX Chegara qoʻshinlari qoʻmondonligi ishtirok etdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Chegara qoʻshinlari faoliyatining amaliy natijalari koʻrib chiqildi, davlat chegaralarini qoʻriqlash va himoya qilish tizimini xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikka tahdid solayotgan zamonaviy xatarlarni hisobga olgan holda yanada takomillashtirishning ustuvor vazifalari belgilandi.

“Mintaqa mamlakatlarining chegara idoralari yoʻnalishidagi xalqaro hamkorlik izchil mustahkamlanib borayotgani, turli xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda qoʻshma tadbirlar muvaffaqiyatli oʻtkazilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Qoʻshni davlatlar bilan oʻtkazish punktlari ochilgani, yangi havo, temir yoʻl va avtobus qatnovlari yoʻlga qoʻyilgani fuqarolarning oʻzaro bordi-keldisining ortishiga xizmat qilmoqda.

Chegaraoldi hamkorlikni faollashtirish yuzasidan xorijiy sheriklarimiz bilan erishilgan kelishuvlarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlash zarurligi taʼkidlandi”, - deyilgan xabarda.

Yigʻilishda bajarilgan ishlar tanqidiy baholanib, Oʻzbekiston Davlat chegaralarini qoʻriqlash va himoya qilish tizimining samaradorligini yanada oshirish yuzasidan mutasaddi tuzilmalar rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala