Dunyoda

Putin MAKS-2019 aviashouda Erdoʻgʻon bilan uchrashdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtishRussia MAKS Air Show
Russia MAKS Air Show - Sputnik Oʻzbekiston
Toyyib Erdoʻgʻon Rossiya qiruvchi samolyotlarini koʻzdan kechirish uchun MAKS-2019 aviatsiya koʻrgazmasiga keldi.

TOSHKENT, 27 avg - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Jukovskiy shaharchasiga 14 xalqaro aviatsiya koʻrgazmasi - MAKS aviasaloni ochilish marosimida ishtirok etish uchun yetib keldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Voyennaya texnika pered nochnoy repetitsiyey parada Pobedы - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Ekspert: Turkiyaga S-400 yetkazib berilishi – NATO ichiga qoqilgan pona boʻldi

Aviasalon qoʻnish maydonchasida Rossiya prezidenti samolyotini bosh vazir oʻrinbosari Yuriy Borisov, mudofaa vaziri Sergey Shoygu va sanoat vaziri Denis Manturov kutib olishdi. Bundan biroz oldn aviasalonga Turkiya prezidenti Toyyib Erdoʻgʻon samolyoti kelib qoʻngan edi.

Vladimir Putin va Toyyib Erdoʻgʻon MAKS-2019 aviasaloni rasmiy ochilish marosimida ishtirok etishi haqida oldin xabar qilingan edi. marosimdan soʻng ikki davlat rahbarlari keng koʻlamli masalalar boʻyicha muzokaralar oʻtkazishi rejalashtirilgan.

Uchrashuvdan oldin Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov prezidentlar Suriyaning Idlib hududidagi hamda Ukrainadagi vaziyatni muhokama qilishlari rejalashtirilganini xabar qilishgan edi.

Albatta, Erdoʻgʻon MAKS-2019 aviatsiya koʻrgazmasiga faqat Suriyadagi vaziyatni muhokama qilish uchun kelmagan. Turkiya rahbari uchun MAKS-2019, birinchi navbatda, Rossiya qiruvchi samolyotlarini sotib olish nuqtai nazaridan qiziq. 

Maʼlumot uchun, shu kunlarda Rossiya Turkiyaga S-400 zenit-raketa tizimlarini yetkazib berishi AQShning keskin eʼtiroziga sabab boʻlgan edi. Ushbu bitim tufayli Amerika Turkiyaga eng yangi F-35 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berishdan voz kechgan edi. 

Shundan sщng Turkiya mudofaa vaziri Rossiya harbiy samolyotlarini sotib olish ehtimoldan holi emasligini bildirgan edi.

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtishRussia MAKS Air Show
Putin MAKS-2019 aviashouda Erdoʻgʻon bilan uchrashdi - Sputnik Oʻzbekiston
Russia MAKS Air Show

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala