Putin MAKS-2019 aviashouda Erdo‘g‘on bilan uchrashdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishRussia MAKS Air Show
Russia MAKS Air Show - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toyyib Erdo‘g‘on Rossiya qiruvchi samolyotlarini ko‘zdan kechirish uchun MAKS-2019 aviatsiya ko‘rgazmasiga keldi.

TOShKENT, 27 avg - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Jukovskiy shaharchasiga 14 xalqaro aviatsiya ko‘rgazmasi - MAKS aviasaloni ochilish marosimida ishtirok etish uchun yetib keldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Voyennaya texnika pered nochnoy repetitsiyey parada Pobedi - Sputnik O‘zbekiston
Ekspert: Turkiyaga S-400 yetkazib berilishi – NATO ichiga qoqilgan pona bo‘ldi

Aviasalon qo‘nish maydonchasida Rossiya prezidenti samolyotini bosh vazir o‘rinbosari Yuriy Borisov, mudofaa vaziri Sergey Shoygu va sanoat vaziri Denis Manturov kutib olishdi. Bundan biroz oldn aviasalonga Turkiya prezidenti Toyyib Erdo‘g‘on samolyoti kelib qo‘ngan edi.

Vladimir Putin va Toyyib Erdo‘g‘on MAKS-2019 aviasaloni rasmiy ochilish marosimida ishtirok etishi haqida oldin xabar qilingan edi. marosimdan so‘ng ikki davlat rahbarlari keng ko‘lamli masalalar bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Uchrashuvdan oldin Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov prezidentlar Suriyaning Idlib hududidagi hamda Ukrainadagi vaziyatni muhokama qilishlari rejalashtirilganini xabar qilishgan edi.

Albatta, Erdo‘g‘on MAKS-2019 aviatsiya ko‘rgazmasiga faqat Suriyadagi vaziyatni muhokama qilish uchun kelmagan. Turkiya rahbari uchun MAKS-2019, birinchi navbatda, Rossiya qiruvchi samolyotlarini sotib olish nuqtayi nazaridan qiziq. 

Ma’lumot uchun, shu kunlarda Rossiya Turkiyaga S-400 zenit-raketa tizimlarini yetkazib berishi AQShning keskin e’tiroziga sabab bo‘lgan edi. Ushbu bitim tufayli Amerika Turkiyaga eng yangi F-35 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berishdan voz kechgan edi. 

Shundan sshng Turkiya mudofaa vaziri Rossiya harbiy samolyotlarini sotib olish ehtimoldan holi emasligini bildirgan edi.

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishRussia MAKS Air Show
Putin MAKS-2019 aviashouda Erdo‘g‘on bilan uchrashdi - Sputnik O‘zbekiston
Russia MAKS Air Show

 

Yangiliklar lentasi
0