Dunyoda

Putin va Zelenskiy oʻrtasida birinchi uchrashuv Frantsiyada boʻlib oʻtadi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtishRabochaya poyezdka prezidenta RF V. Putina v Yekaterinburg
Rabochaya poyezdka prezidenta RF V. Putina v Yekaterinburg - Sputnik Oʻzbekiston
Frantsiyada “Normand uchrashuvi”ga tayyorgarlik koʻrilmoqda, unda Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ishtirok etadi.

TOSHKENT, 27 avg – Sputnik.  Frantsiyada "Normand muzokaralari" doirasida Rossiya prezidenti  Vladimir Putin va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy oʻrtasida birinchi uchrashuv oʻtkaziladi.

Prezident Ukrainы Vladimir Zelenskiy - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Zelenskiy Putinga qoʻngʻiroq qildi

Sentyabrda davlat va hukumat rahbarlari darajasida “Normand uchrashuvi”ni oʻtkazish rejalashtirilmoqda, bu haqda Frantsiya yetakchisi Emmanuel Makron G7 sammiti yakunlariga bagʻishlangan matbuot anjumanida maʼlum qildi.

“Biz sentyabrda “normand” formatida davlat va hukumat rahbarlari darajasida uchrashuv oʻtkazmoqchimiz, biz buni bayonnomalashtirdik, va bu sammit yakunlari boʻyicha chop etiladigan hujjat matnida ham bor”, - dedi Makron.

“Normand toʻrtligi” – Ukraina sharqidagi vaziyatni tartibga solish boʻyicha guruh. Ushbu formatga Rossiya, Ukraina, Germaniya va Frantsiya kiradi.

Birinchi uchrashuv 2014 yil 6 iyunda oʻtkazildi. Minskda 2015 yil 11-12 fevralda eng uzoq davom etgan uchrashuv oʻtkazildi. Yigʻilish 17 soat davom etdi.

Ukrainada Pyotr Poroshenko prezident boʻlgan vaqtda “normand toʻrtligi”ning faoliyati deyarli toʻxtab qolgandi.

Bundan avval Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy “normand formati”da muzokara oʻtkazishni Rossiya prezidenti Vladimir Putinga taklif qilgandi.

Ukraina yetakchisi bu muloqotga AQSH prezidenti Donald Tramp, Germaniya kantsleri Angela Merkel, Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron va oʻsha vaqtda Buyuk Britaniya bosh vaziri boʻlgan Tereza Meyni taklif etgandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala