Jamiyat

YTHda jarohatlanganlarni qutqargan oʻzbekistonlik qahramon taqdirlandi

© Ministerstvo inostrannыx del Respubliki UzbekistanGeneralnыy konsul v Kazani Fariddin Nasriyev vruchil Blagodarstvennuyu gramotu Danilu Yuldashevu za reshitelnыe deystviya po okazaniyu pomoщi postradavshim v dorojno-transportnom proisshestvii
Generalnыy konsul v Kazani Fariddin Nasriyev vruchil Blagodarstvennuyu gramotu Danilu Yuldashevu za reshitelnыe deystviya po okazaniyu pomoщi postradavshim v dorojno-transportnom proisshestvii - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsuli Fariddin Nasriyev Oʻzbekiston fuqarosi Danil Yuldashevga tashakkurnoma topshirdi.

TOSHKENT, 27 avg – Sputnik. 2019 yil 25 avgust kuni Oʻzbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsuli Fariddin Nasriyev yoʻl-transport hodisasida jarohatlanganlarga yordam berishda mardonavor harakati uchun Oʻzbekiston fuqarosi Danil Yuldashevga tashakkurnoma topshirdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.

© Ministerstvo inostrannыx del Respubliki UzbekistanGeneralnыy konsul v g.Kazani Fariddin Nasriyev vruchil blagodarstvennuyu gramotu grajdaninu Uzbekistana Danilu Yuldashevu za reshitelnыe deystviya po okazaniyu pomoщi postradavshim v dorojno-transportnom proisshestvii
YTHda jarohatlanganlarni qutqargan oʻzbekistonlik qahramon taqdirlandi - Sputnik Oʻzbekiston
Generalnыy konsul v g.Kazani Fariddin Nasriyev vruchil blagodarstvennuyu gramotu grajdaninu Uzbekistana Danilu Yuldashevu za reshitelnыe deystviya po okazaniyu pomoщi postradavshim v dorojno-transportnom proisshestvii

Avvalroq Danil Yuldashev insonlarni qutqarishda koʻrsatgan jasorati va qatʼiyligi uchun Perm oʻlkasi gubernatori Maksim Reshetnikovdan minnatdorlik xati oldi.

Eslatib oʻtamiz, 17 avgustda Perm viloyati Gayva shahrida 53-sonli yoʻnalishli avtobus YTHga uchragan. Avtobus doʻkon devoriga borib urilishi oqibatida uning eshiklari yopilib qoladi.

YTHda 1 kishi qurbon boʻladi va 32 kishi jarohatlanadi. Voqea guvohi boʻlgan 20 yoshli Oʻzbekiston fuqaroli Daniil Yuldashev darhol avtobus ichida qolgan odamlarni qutqarishga kirishadi.

U avtobusning orqa oynasini sindirib, yaralanganlarni birma-bir olib chiqa boshlaydi. Undan tashqari Daniil shikastlanganlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatib yoʻldan oʻtayotgan avtomobillarni toʻxtatib ulardan bemorlarni shifoxonaga olib borishni iltimos qiladi. Tez yordam yetib kelganda ham Daniil yordam berishda davom etadi.  

Jurnalistlar Daniildan nega u ham boshqa avtomobillar kabi YTHga uchragan avtobus yonidan oʻtib ketmasdan yordam berish uchun toʻxtaganini soʻrashganda, u – meni shunday tarbiya qilishgan deb javob bergan.

Daniil Toshkentda tugʻilgan, uning yaqin qarindoshlari hali ham oʻsha yerda yashaydi. Daniil 7 yildan beri Rossiyada yashab kelmoqda. U shu yerda oʻrta maxsus taʼlim olmoqda va boʻsh vaqtida boks bilan shugʻullanadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala