Jamiyat

Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi tugatildi

© Foto iz lichnogo arxiva Alishera AzimovaShavkat Mirziyoyev i yunыe sportsmenы na tseremonii otkrыtiya Humo Arena
Shavkat Mirziyoyev i yunыe sportsmenы na tseremonii otkrыtiya Humo Arena - Sputnik Oʻzbekiston
Sportni rivojlantirish jamgʻarmasi oʻrnida byudjetdan tashqari “Sport” maxsus hisob raqami ochiladi - prezident farmoni.

TOSHKENT, 27 avg – Sputnik. Prezident farmoni bilan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi “Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi tugatildi”. Bu haqida “Huquqiy axborot” kanali xabar qilmoqda.

"Jamgʻarmaning jismoniy tarbiya va sport obʼyektlarini qurish, rekonstruktsiya qilish, kapital taʼmirlash va jihozlash boʻyicha moliyalashtirish funktsiyasi Moliya vazirligiga yuklatildi", - deyilgan xabarda.

Sohani rivojlantirish, xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish kabi maqsadlarda Jismoniy tarbiya va sport vazirligining byudjetdan tashqari “Sport” maxsus hisob raqami ochiladi.

Master klass ot trenerov iz Turina - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Oʻzbekistonda “Jismoniy tarbiya va sport” yagona axborot tizimi joriy etiladi

Maxsus hisob raqam mablagʻlaridan vazirlik markaziy apparati xodimlariga ustamalar, mukofotlar toʻlash, yuqori malakali xorijiy ekspertlar va xorijdagi vatandoshlarni vazirlikda ishlash uchun jalb qilish, zarur anjomlar xarid qilish kabi maqsadlarda foydalaniladi.

Farmonga koʻra, davlat unitar korxonasi shaklidagi Sport obʼyektlari infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha injiniring kompaniyasi tashkil etiladi.

Injiniring kompaniyasi jismoniy tarbiya va sport obʼyektlarini qurish, rekonstruktsiya qilish va kapital taʼmirlash hamda sport inventarlari bilan jihozlash loyihalarini amalga oshirishda buyurtmachi funktsiyasini bajaradi.

Hujjat haqidagi toʻliq maʼlumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala