Jamiyat

Oʻzbekistonda Rossiya migratsiya markazlari ochilishi mumkin

© Ministerstvo zanyatosti i trudovыx otnosheniy UzbekistanaVozvraщeniye trudovыx migrantov iz Uzbekistana na rodinu
Vozvraщeniye trudovыx migrantov iz Uzbekistana na rodinu - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiyada ishlash uchun mehnat migrantlariga patent berish tizimi Oʻzbekistonda joriy etilishi mumkin.

TOSHKENT, 27 avg - Sputnik. Oʻzbekiston hukumati Rossiyaning bir qator hududlari bilan mehnat migrantlariga patent berish tizimini Oʻzbekistonda joriy etish boʻyicha muzokaralar olib borishga qaror qildi. Bu haqida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish portalida joylashtirilgan yangi qonun loyhasida xabar qilingan.

“2020 yilning 1 martiga qadar Rossiya hududlari rahbariyati bilan Rossiya Federatsiyasi hududida mehnat qilish huquqini beruvchi hujjat (patent) berish huquqiga ega boʻlgan muassasa va tashkilotlar filiallarini Oʻzbekistonda ochish toʻgʻrisida muzokaralar olib borilsin”, - deyilgan qonun loyihasi matnida.

Muzokaralar olib borish uchun istiqbolli hududlar roʻyxatiga Rossiyaning 10ta hududi kiritilgan: Tatariston, Primorsk oʻlkasi, Sankt-Peterburg, Krasnoyarsk, Novosibirsk, Rostov, Leningrad va Sverdlov viloyatlari, shuningdek  Xantы-Mansiysk va Yamalo-Nenetsk avtonom okruglari.

Poluchit patent v Mnogofunktsionalnom Migratsionnom Tsentre Moskvы v Saxarovo (russkiy yazыk) - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
Oʻzbekiston va Rossiya migrantlar uchun patent olishni soddalashtirdi

Shuningdek, hujjatda mahalliy hokimiyatlar va taaluqli davlat muassasalari  ana shunday Migratsiya markazlari tashkil qilishda, xususan ularga binolarni bepul berish hamda mehnat migrantlariga hujjat tayyorlashda yordam koʻrsatishi kerakligi aytib oʻtilgan.

Eslatib oʻtamiz, ushbu yilning may oyida Urganchda boʻlib oʻtgan, Oʻzbekiston va Rossiya hukumatlararo komissiyalari muzokaralari davomida Oʻzbekiston hududida Migratsiya markazi ochish masalasi muhokama qilingan edi.

Maʼlumot uchun, bugungi kunda aholisi 33,5 million kishi boʻlgan Oʻzbekistonning 2,6 million fuqarosi xorijiy mamlakatlarda mehnat faoliyati olib boradi. Ulardan 2 millioni – Rossiya hududida.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala