Jamiyat

Ekologiya qoʻmitasi archa daraxtlari kesilish sababini tushuntirib berdi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Fotobankka oʻtishTopor, votknutыy v pen
Topor, votknutыy v pen - Sputnik Oʻzbekiston
Elektr uzatish tarmogʻining qoʻriqlash hududida oʻsgan archa daraxtlarining boʻyi xavfli darajaga yetgani sababli kesilgan - Ekologiya qoʻmitasi.

TOSHKENT, 28 avg – Sputnik. Oʻzbekiston Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi Toshkentda archa daraxtlarini ommaviy kesish holatiga izoh berdi, qoʻmita matbuot xizmatiga asosan.

Biroz oldin ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi Mirzo ulugʻbek koʻchasi boʻlab sobiq ROVD binosi yonida archa daraxtlarining ommaviy kesilayotgani haqida xabarlar paydo boʻlgan edi.

Vыrubka mnogoletnix derevyev - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda daraxtlarni kesish boʻyicha meʼyoriy hujjat ishlab chiqilmoqda

Xabarda aytilishiga koʻra, ushbu daraxtlar 110 kiloVoltli elektr liniyasi ostida oʻsgan boʻlib, ularning boʻyi elektr tarmogʻidan foydalanish hamda atrofdagi odamlar uchun xavfli darajaga yetgan.

Shu munosabat bilan, baxtsiz  hodisalarni oldini olish maqsadida yuqori voltli elektr tarmogʻining qoʻriqlash hududida boʻlgan baland boʻyli daraxtlarni kesishga ruxsat berilgan.

Maʼlumot uchun, ushbu elektr tarmogʻi Mirzo-Ulugʻbek, Yashnobod, Mirobod va Yunusobod tumanlarini elektr toki bilan taʼminlaydi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala