Toshkentda savdo majmuasi qurilishi vaqtida jarohatlanganlar haqida ma’lumot berildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovStroitelstvo torgovo-razvlekatelnogo sentra Rivera
Stroitelstvo torgovo-razvlekatelnogo sentra Rivera   - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Olmazor tumanida yangi qurilayotgan “Riviera” savdo majmuasining qurilish jarayonida baxtsiz hodisa ro‘y berdi. Yuqoridan temir konstruksiya qulashi oqibatida 6 nafar quruvchi jarohatlanib, ulardan 4 nafari vafot etdi.

TOShKENT, 28 avg – Sputnik. Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkentda savdo majmuasi qurilishi vaqtida jarohatlangan ishchilar ahvoli haqida ma’lumot berdi.

Stroitelstvo torgovo-razvlekatelnogo sentra Rivera   - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda savdo markazi qurilishida 4 kishi halok bo‘ldi

Qayd etilishicha, “Riviera” savdo majmuasi hududida qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilayotgan vaqtda yuqoridan temir konstruksiya qulashi oqibatida 6 nafar quruvchi jarohatlanib, ulardan 4 nafari vafot etgan. 2 nafari esa Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgan.

Jarohatlanganlar zudlik bilan tekshiruvlardan o‘tkazilib, belgilangan tartibda shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Jumladan, O.Sh. o‘ng tavon suyagining sinishi tashxisi bilan o‘rta og‘ir ahvolda,  Z.R.  esa aralash travma, chap yelka suyagining sinishi tashxisi bilan yotqizilgan.

Xabarda bemorlar malakali shifokorlarning doimiy nazoratida bo‘lib, ularga barcha kerakli tibbiy muolajalar ko‘rsatilayotgani qo‘shimcha qilingan.

Yangiliklar lentasi
0