Dunyoda

Ukraina sudi Kirill Vishinskiyni qamoqdan ozod qildi

© Sputnik / Stringer / Fotobankka oʻtishRukovoditel portala "RIA Novosti Ukraina" Kirill Vыshinskiy na zasedanii Podolskogo rayonnogo suda Kiyeva. Sud v Kiyeve osvobodil Kirilla Vыshinskogo iz pod straji.
Rukovoditel portala RIA Novosti Ukraina Kirill Vыshinskiy na zasedanii Podolskogo rayonnogo suda Kiyeva. Sud v Kiyeve osvobodil Kirilla Vыshinskogo iz pod straji. - Sputnik Oʻzbekiston
Sud "RIA Novosti Ukraina" portali rahbari Kirill Vishinskiyni ozod qildi.

TOSHKENT, 28 avg – Sputnik. Ukraina sudi "RIA Novosti Ukraina" portali rahbari Kirill Vishinskiyni qamoqdan ozod qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

SPUTNIK_V Moskve proshla aktsiya v podderjku Kirilla Vыshinskogo - Sputnik Oʻzbekiston
Hibsga olingan jurnalist - Vыshinskiy himoyasiga miting boʻlib oʻtdi

Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi shaxsiy kafillik chorasiga oʻzgartirildi. Jurnalist zimmasiga sud va tergovchining birinchi talabini bilan hozir boʻlish majburiyati yuklandi.

Kirill Vishinskiy 400 kundan ortiq muddat davomida qamoqda saqlangan.

Vishinskiy ishi

Jurnalist oʻzini mustaqil deb eʼlon qilgan Donbass respublikalarini qoʻllab-quvvatlaganlikda va davlatga xiyonatda gumonlanmoqda. Unga 15 yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.

Vishinskiyning oʻzi barcha ayblovni yolgʻon va manipulyatsiya deb hisoblaydi. U "RIA Novosti Ukraina" portalida faoliyat yuritgan vaqtida Ukraina xavfsizlik xizmati biror marta eʼtiroz bildirmaganini taʼkidlagan.

Sud majlislaridan birida jurnalist Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yordam soʻrab murojaat qilgan va Ukraina fuqaroligidan voz kechishini maʼlum qilgan.

Osnovatel WikiLeaks Djulian Assanj v politseyskom furgone posle togo, kak britanskaya politsiya arestovala yego v posolstve Ekvadora v Londone - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Siyosatchilar "bulgʻangan haqiqat" uchun jurnalistlardan qanday oʻch oladi?

Sud jurnalistga qoʻllangan ehtiyot chorasini bir necha marta uzaytirgan va sud majlisini boshqa kunga qoldirgan. Advokat va koʻplab ekspertlar Ukraina prokuraturasi ataylab ishni olib borishni choʻzmoqda deb hisoblashadi.

Vishinskiyning advokati Andrey Domanskiy ular jurnalistning begunohligini isbotlashda davom etishini taʼkidlagan.

Vishinskiyning sudgacha uzoq muddat hibsda qolayotgani Yevropada ham keskin eʼtirozlarni keltirib chiqardi. "Jurnalistlar oʻz fikr va qarashlarini erkin bildirish va ziddiyatli voqeliklar haqida xabar berish huquqiga ega. Har qanday holatda ularni professional faoliyati uchun taʼqib ostiga olish kerak emas", - deb aytgan OBSE tashkilotining matbuot erkinligi boʻyicha vakili Arlem Dezir.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala