Dunyoda

Atambayevni qoʻlga olish vaqtidagi tartibsizliklarni oʻrganish uchun maxsus komissiya tuzildi

© REUTERS / Vladimir PirogovStoronniki bыvshego prezidenta Kirgizii Almazbeka Atambayeva u yego doma vo vremya spetsoperatsii v sele Koy-Tash
Storonniki bыvshego prezidenta Kirgizii Almazbeka Atambayeva u yego doma vo vremya spetsoperatsii v sele Koy-Tash  - Sputnik Oʻzbekiston
Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayevni qoʻlga olish vaqtida Qoʻy-Tosh qishlogʻida sodir boʻlgan tartibsizliklarni davlat komissiyasi tekshiradi.

TOSHKENT, 29 avg — Sputnik. Qirgʻizistonda mamlakatning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevni qoʻlga olish vaqtida 7-8 avgust kunlari Qoʻy-Tosh qishlogʻidagi sodir boʻlgan voqealarni oʻrganish boʻyicha davlat komissiyasi tuzildi. Bu haqda Sputnik Qirgʻiziston xabar qildi.

Ne dali vzyat jivыm ili mertvыm: Atambayev sdelal zayavleniye - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Atambayev va uning oilasiga tegishli boʻlgan 135 ta mol-mulk xatlab qoʻyildi

Tegishli qarorga Qirgʻiziston bosh vaziri Muxammedkaliy Abilgaziyev imzo chekkan.

Maʼlum qilinishicha, bosh vaziri oʻrinbosari Jenish Razakov tuzilgan davlat komissiyasiga rahbarlik. Komissiya tarkibidan deputatlar, ekspertlar, hukumat va mahalliy boshqaruv organlari vakillari oʻrin olgan.

Qoʻy-Toshdagi voqealar

7 avgust kuni kechqurun Qoʻy-Tosh qishlogʻida GKNB spetsnazi Atambayevni qoʻlga olish boʻyicha operatsiyani amalga oshirishga urindi, ammo shturm uning tarafdorlari tomonidan yoʻqqa chiqarildi. 8 avgust kuni huquq tartibot organlari takroriy shturmni amalga oshirdilar, oqibatda siyosatchi taslim boʻldi. Hozirda Atambayevga bir nechta ayblov qoʻyilgan. Sobiq prezident advokati soʻzlariga koʻra, Atambayev tergov boshlangan kundan boshlab birorta savolga javob bermagan, sababi oʻziga qarshi amalga oshirilayotgan harakatlar noqonuniy deb hisoblaydi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala