Peruda qurbonlik qilingan 227 bolaning mozori topildi

© AFP 2023 / PROGRAMA ARQUEOLOGICO HUANCHACOArxeologi obnarujili v Peru ostanki 227 detey
Arxeologi obnarujili v Peru ostanki 227 detey - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qurbonlik qilingan bolalar 4 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan. Ularni El-Nino nomi bilan mashhur hodisani oldini olish maqsadida tangrilarga qurbonlik keltirishgan.

TOShKENT, 29 avg - Sputnik. Peruda arxeologlar 500-yil ilgari qurbonlik qilingan 227 nafar bolaning qoldiqlarini topishdi.

AFP xabariga ko‘ra, qoldiqlar Peru poytaxti Limadan uzoq bo‘lmagan Uanchako hududida topilgan.  Qoldiqlar  chimu madaniyati vakillariga tegishli ekani aytilmoqda.  

Ma’lum bo‘lishicha, qurbonlik qilingan bolalar 4 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan. Ularni El-Nino nomi bilan mashhur hodisani oldini olish maqsadida tangrilarga qurbonlik qilishgan. El-Nino baliqlarning nobud bo‘lishiga olib keluvchi iqlimning to‘satdan o‘zgarishi. Suv harorati 29-30 darajagacha ko‘tariladi va toshqinlar yuzaga keladi. Ana shunday vaqtlarda yaxshi ob-havo so‘rash maqsadida qurbonlik keltiriladi.

​Bolalar tangrilarni tinchlashtirish uchun qurbonlik qilingani ularning yuzlari dengizga qaratilgani dalolat beradi. Tadqiqotchilar marosimni o‘tkazish vaqtida yomg‘ir yoqqanini aniqlashgan. Shu bilan birga, aynan qaysi yili bolalar qurbonlik qilingani noma’lum. Chimu vakillari inklar bosqini oqibatida 1475-yilda qirilib ketgan.

Yangiliklar lentasi
0