Dunyoda

Rossiya Hindistondan S-400 uchun birinchi toʻlovni oldi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Fotobankka oʻtishKompleks PVO S-400 "Triumf" zastupil na boyevoye dejurstvo v Sevastopole
Kompleks PVO S-400 Triumf zastupil na boyevoye dejurstvo v Sevastopole - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya va Hindiston S-400 majmualari uchun avans berish masalasini hal qildi.

TOSHKENT, 29 avg – Sputnik. Rossiya va Hindiston S-400 majmualari uchun avans berish masalasini hal qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Devushka derjit avtomat Kalashnikova AK-103 - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiya Saudiya Arabistonida qurol ishlab chiqarish zavodini qurmoqchi

Bundan avval harbiy-texnikaviy hamkorlik boʻyicha federal xizmat direktori oʻrinbosari Vladimir Drojjov Moskva birinchi toʻlovni yil oxirigacha olishga umid qilishi, yetkazib berish 2020 yilda boshlanib, 2025 yilda yakunlanishi haqida aytgandi.

Shartnoma 2018 yil oktyabr oyi boshida tuzilgan. Rossiya Hindistonga 5,43 milliard dollarlik beshta S-400 polkini yetkazib beradi.

Vashington Dehlining Moskva bilan mudofaa shartnomalari bir necha bor tanqid qilgandi. AQSH “Triumf” boʻyicha hamkorlik qilishni voz kechishni talab qildi, aks holda sanktsiyalar bilan tahdid qildi.

S-400 "Triumf" - zamonaviy uzoq masofaga moʻljallangan havo mudofaasi tizimi hisoblanadi. U havo kemalari, qanotli va ballistik raketalarni yoʻq qilish uchun moʻljallangan. Shuningdek, yerdagi nishonlarni yakson qilish uchun qoʻllanishi mumkin.

Majmuaning zarba berish masofasi 400 kilometrni tashkil qiladi. Shuningdek, 30 km balandlikdagi nishonlarni yoʻq qilishga qodir. Hindiston bu qurol yetkazib beriladigan toʻrtinchi mamlakat boʻladi. (Belarus, Xitoy va Turkiya).

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala