Daraxtlarni kesishni to‘xtating, iltimos! Jurnalistlar prezidentga murojaat qilishdi

© Troll.uzVirubka mnogoletnix derevyev
Virubka mnogoletnix derevyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Daraxtlarni kesishni qonun darajasida ta’qiqlab qo‘yish kerak - jurnalistlar prezidentga murojaat qilishdi.

TOShKENT, 29 avg – Sputnik. Bugun soat 10:00 da bir guruh o‘zbekistonlik jurnalist va blogerlar hukumatga xabar murojaat yo‘llashdi.

Xabarda jurnalist va blogerlar O‘zbekiston prezidenti, bosh vazir, senator va deputatlarga murojaat qilib, shahar va qishloqlarda ruxsatsiz kesilayotgan daraxtlar muammosini tez vaqt ichida hal qilishni so‘rashdi.

“Daraxtlarni kesishni eng yuqori darajada ta’qiqlab qo‘yish kerak va ushbu qaror ijrosini qattiq nazorat ostiga olish kerak. Ushbu choralar qonun darajasida tasdiqlangan bo‘lishi kerak”, - deyilgan murojaatida.  

“Agar bu yaqin orada to‘xtatilmasa, biz kasal millatga aylanamiz. O‘shanda tibbiyot xarajatlari keskin oshib ketadi. Ekologiyaga befarq bo‘lsak bizning iqtisodimiz hech qachon rivojlanmaydi”, - deyilgan xabar davomida.

Shuningdek, yangi binolar qurilganda ham daraxtlarni imkon qadar saqlab qolish choralarini ko‘rish so‘ralgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilda xalq tashabbuslari sahifasida daraxtlarni kesishni ta’qiqlab qo‘yish haqidaga petitsiya ostiga 10 mingdan ortiq kishi imzo chekkan edi.

Yangiliklar lentasi
0