O‘zbek razvedkachilari Qozog‘istondagi "Oltin ukki" musobaqasida kuch sinashmoqda

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaRazvedchiki Minoboroni Uzbekistana prinimayut uchastie v mejdunarodnom sorevnovanii "Altin uki-2019" v Kazaxstane
Razvedchiki Minoboroni Uzbekistana prinimayut uchastie v mejdunarodnom sorevnovanii Altin uki-2019 v Kazaxstane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Musobaqa joriy yilning 28-avgustidan 6-sentabrga qadar Qozog‘istondagi "Spassk" o‘quv poligonida o‘tkaziladi

TOShKENT, 29 avg - Sputnik. O‘zbekistonlik harbiylar birinchi bor Qozog‘iston Mudofaa vazirligining "Spassk" o‘quv poligonida maxsus rezvedka guruhlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan "Oltin ukki — 2019" xalqaro musobaqasida ishtirok etmoqda, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti.

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaRazvedchiki Minoboroni Uzbekistana prinimayut uchastie v mejdunarodnom sorevnovanii "Altin uki - 2019" v Kazaxstane
O‘zbek razvedkachilari Qozog‘istondagi Oltin ukki musobaqasida kuch sinashmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Razvedchiki Minoboroni Uzbekistana prinimayut uchastie v mejdunarodnom sorevnovanii "Altin uki - 2019" v Kazaxstane

Musobaqa 28-avgustdan 6-sentabrga qadar Qozog‘iston Mudofaa vazirligining "Spassk" o‘quv poligonida maxsus rezvedka guruhlari o‘rtasida o‘tkaziladi.

Musobaqada 9 ta jamoa ishtirok etadi, ularning 5 guruhi Qozog‘iston Mudofaa vazirligi maxsus bo‘linmalari bo‘lsa, qolganlari Belarus, Hindiston, Rossiya va O‘zbekiston mudofaa idoralari vakillaridir.

Mazkur xalqaro musobaqaga kuzatuvchi sifatida Italiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Serbiya, Turkmaniston, Turkiya va Xitoy harbiy mutaxassislari jalb etilgan.

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaRazvedchiki Minoboroni Uzbekistana prinimayut uchastie v mejdunarodnom sorevnovanii "Altin uki - 2019" v Kazaxstane
O‘zbek razvedkachilari Qozog‘istondagi Oltin ukki musobaqasida kuch sinashmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Razvedchiki Minoboroni Uzbekistana prinimayut uchastie v mejdunarodnom sorevnovanii "Altin uki - 2019" v Kazaxstane

"O‘zbekiston jamoasi ushbu musobaqada birinchi bor qatnashayotganiga qaramay, dastlabki bosqichdayoq yaxshi natijalarni ko‘rsatdi. Birinchi bosqich yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston Mudofaa vazirligi razvedkachilari Qozog‘iston va Belarus jamoalaridan keyin 3-o‘rinni egalladi", - deb xabar qildi vazirlik vakili.

Ishtirokchilar musobaqa davomida uzoq masofaga harakatlanish, yashirin hududni tayyorlash, qidiruv ishlarini olib borish, dushman bilan kutilmagan uchrashuvlarda taktik harakatlar, obektlar razvedkasi va ularni ishdan chiqarish, suvli to‘siqlarni bosib o‘tish kabi jami 12 ta murakkab bosqichlardan o‘tadi.

 

Yangiliklar lentasi
0