Siyosat

Oʻzbekiston va Eron oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 40 foizga oshdi

© MID UzbekistanaS nachala goda tovarooborot mejdu Uzbekistanom i Iranom vыros na 40%
S nachala goda tovarooborot mejdu Uzbekistanom i Iranom vыros na 40% - Sputnik Oʻzbekiston
Joriy yil yanvar—iyun oylarida ikki mamlakat oʻrtasidagi oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi 213,8 million dollarni tashkil etdi.

TOSHKENT, 29 avg – Sputnik. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Oʻzbekistonda diplomatik faoliyatini yakunlayotgan Eron elchisi Bahman Doʻrmoniyni qabul qildi.

Rabota RPK Vыsotsk-Lukoyl-II - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekiston Erondan neft mahsulotlari sotib olish masalalarini muhokama qilmoqda

Vazir elchini qutlar ekan, uni Oʻzbekistondagi toʻrt yillik missiyasi muvaffaqiyatli yakunlayotganligi bilan tabrikladi hamda uning faoliyati samarali boʻlgani, Oʻzbekiston—Eron munosabatlarini mustahkamlash va kengaytirishga xizmat qilganini qayd etdi. Savdo-iqtisodiy, investitsion aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvlar faollashdi.

TIV xabarida qayd etilishicha, joriy yil yanvar—iyun oylarida oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi 213,8 million  dollarni tashkil etib, 2018 yilning shu davriga nisbatan qariyb 40 foizga oshgan.

Oʻzbekiston Erondan Xitoygacha boʻlgan transport yoʻlagiga qoʻshildi

Oʻz navbatida elchi Oʻzbekistondagi missiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun yaratilgan qulay sharoitlar uchun minnatdorlik bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala