Dunyoda

Erdoʻgʻon Su-57 qiruvchilarini sotib olish boʻyicha muzokara olib borilayotganini aytdi

© Sputnik / Mikhail Voskresenskiy / Fotobankka oʻtishRossiyskiye mnogofunktsionalnыe istrebiteli pyatogo pokoleniya Su-57 vыpolnyayut demonstratsionnыy polet na Mejdunarodnom aviatsionno-kosmicheskom salone MAKS-2019 v podmoskovnom Jukovskom
Rossiyskiye mnogofunktsionalnыe istrebiteli pyatogo pokoleniya Su-57 vыpolnyayut demonstratsionnыy polet na Mejdunarodnom aviatsionno-kosmicheskom salone MAKS-2019 v podmoskovnom Jukovskom - Sputnik Oʻzbekiston
Moskva va Anqara Su-57 qiruvchilarini yetkazib berish boʻyicha muzokara olib bormoqda.

TOSHKENT, 30 avg – Sputnik. Moskva va Anqara Su-57 qiruvchilarini yetkazib berish boʻyicha muzokara olib bormoqda, bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdoʻgʻon maʼlum qildi.

Rossiyaning beshinchi avlod Su-57 qiruvchilari. - Sputnik Oʻzbekiston
Foto
Eng yangi qiruvchilar va vertolyotlar - MAKS-2019

“Muzokaralar olib borilmoqda, ular davom etadi. Vazirlik vakillari MAKS-2019 dan keyin Rossiyada qolib ishlashmoqda. Biz muzokaralar stoliga kredit va birgalikda ishlab chiqarish boʻyicha shartlarni qoʻygan holda harakat qilamiz”, - dedi Turkiya prezidenti.

Agar Vashington F-35 qiruvchilarni Turkiyaga yetkazib berish boʻyicha pozitsiyasini oʻzgartirmasa, Anqara “bu vaziyatdan chiqish yoʻlinii qidiradi” deb qoʻshimcha qildi Erdoʻgʻon.

Oʻtgan seshanba kuni Rossiya va Turkiya prezidentlari MAKS-2019 xalqaro aviasalonga tashrif buyurdi. Erdoʻgʻonda Su-35 va Su-57 samolyotlari katta qiziqish uygʻotdi.

Russia MAKS Air Show - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Putin MAKS-2019 aviashouda Erdoʻgʻon bilan uchrashdi

Erdoʻgʻon Vladimir Putindan “bu samolyot uchadimi, uni sotib olish mumkinmi?” deb soʻradi. Rossiya prezidenti esa “Ha, sotib olishingiz mumkin” deb javob qaytardi. 

Anqaraning Rossiyaning S-400 zenit-raketa tizimini sotib olishi Turkiya va AQSH oʻrtasida janjalni keltirib chiqardi. Vashington kelishuvdan voz kechishni va evaziga Patriot komplekslarini sotib olishni talab qildi. Aks holda, Qoʻshma Shtatlar Anqaraning soʻnggi F-35 qiruvchi samolyotlarini sotishni kechiktirish yoki hatto bekor qilish mumkinligini istisno qilmadi.

Iyul oyi oxirida Donald Tramp Anqara Rossiyaning havo mudofaa tizimini sotib olishda ayblamasligi, ammo unga moʻljallangan F-35 qiruvchi samolyotlari boshqa mamlakatlarga sotilishi mumkinligini aytdi.

Turkiyaning F-35 dasturidagi ishtirokini toʻxtatdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala