Eron kosmik sun’iy yo‘ldoshi portlagani haqidagi xabarni rad etdi

flag Irana
flag Irana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avvalroq Amerikaning NPR radiostansiyasi sun’iy yo‘ldoshlardan olingan suratlarga tayanib, Eron raketasi start maydonchasida portlab ketgani haqida xabar tarqatgandi.

TOShKENT, 30 avg - Sputnik. Eron Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vaziri Javad Azari Jahromiy mamlakat sun’iy yo‘ldoshining muvaffaqiyatsiz parvozi haqidagi xabarlarni rad etdi.

Politolog Arzu Nagiyev - Sputnik O‘zbekiston
Siyosatchi: AQSh Eron Rossiya bilan hamkorlik qilishini xohlamaydi

“Kutilmaganda bizning orbitaga sun’iy yo‘ldoshni chiqarishdagi urinishlarimiz muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlangani haqidagi xabarlar paydo bo‘ldi. Aslida “Nahid 1” sun’iy yo‘ldoshi soz holatda va sinov maydonchasida turibdi”, - deya ma’lum qilgan Jahromiy Twitter᾽dagi sahifasida.

Vazir, shuningdek, jurnalistlarni bunga ishonch hosil qilishlari uchun poligonga tashrif buyurishni taklif qilgan.

Eron AQSh razvedka dronini nega urib tushirdi?

Avvalroq Amerikaning NPR radiostansiyasi sun’iy yo‘ldoshlardan olingan suratlarga tayanib, Eron raketasi portlab ketgan bo‘lgan haqida xabar tarqatgandi. Ularning ta’kidlashishicha, raketa Eron shimolidagi Semnan viloyatida joylashgan kosmik markaz maydonchasida portlab ketib, muvaffaqiyatsizlikka uchragan.

Yangiliklar lentasi
0