Qonun loyihasi: kontrakt puli miqdori rektor tomonidan belgilanadi

© SputnikKupuri nominalom patdesat tisach sumov
Kupuri nominalom patdesat tisach sumov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hujjat loyihasi muhokama jarayonida, lekin hozirdan, internet foydalanuvchilari qoldirgan izohlardan xulosa qilsa bo‘ladiki, amaldagi qonunchilikka taklif etilayotgan yangiliklardan aholi mamnun emas.

TOShKENT, 30 avg - Sputnik. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi muhokamasi portalida yangi hujjat paydo bo‘ldi.

Studenti v auditorii VUZa - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda OTM rektorlari vakolati kengaytirildi

Hujjat loyihasi O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida chet ellik talabalarni o‘qishga qabul qilish va o‘qitish tartibida ayrim o‘zgarishlarni nazarda tutadi.

Qonun loyihasida ko‘rsatilishicha, oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish qiymati oliy ta’lim muassasasi rektori (filiallar direktorlari) tomonidan O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida esa to‘lov-kontrakt asosida o‘qish qiymati O‘zbekiston moliya vazirligi va oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan kelishilgan holda belgilanadi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu hujjat ayni vaqtda muhokama jarayonida lekin hozirdan, internet foydalanuvchilari qoldirgan izohlardan xulosa qilsa bo‘ladiki, amaldagi qonunchilikka taklif etilayotgan yangiliklardan aholi mamnun emas.

Yangiliklar lentasi
0