Mustaqillik kuniga bag‘ishlangan konsertdan lavha

Obuna bo‘lish
Prezident tabrigi va estrada yulduzlari konserti - Forumlar saroyida O‘zbekiston Mustaqillik kuniga bag‘ishlangan eng katta bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Mustaqillik kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirlari “O‘zbekiston” forumlar saroyida bo‘lib o‘tdi.

Tantana boshida an’anaga muvofiq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi. Prezident O‘zbekiston aholisini Mustaqillikning 28-yilligi bilan tabriklab, yurt tinchligi, musaffo osmon hamda mustaqillik abadiy bo‘lishini tiladi.

Undan so‘ng esa O‘zbekiston estradasining eng yorqin yulduzlari ishtirokida konsert dasturi boshlandi. Dasturda shuningdek yangi talantli musiqachilar ham ishtirok etishdi. Tadbir so‘ngida konsert zalida haqiqiy bayram kayfiyati hukm surdi, butun zal raqsga tushdi.

Yangiliklar lentasi
0