Kuz kelmoqda: ayrim hududlarda yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin

© Sputnik / Sergey Malgavko / Mediabankka o‘tishOsenniy les
Osenniy les - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 2-5 sentabr kunlari havo harorati biroz pasayadi, Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin.

TOShKENT,2 sen – Sputnik. Gidrometeorologiya markazi xabariga ko‘ra O‘zbekiston hududida 2-5 sentabr kunlari havo harorati biroz pasayadi, Farg‘ona viloyatida yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida  yog‘ingarchilik kutilmaydi, shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 2-4 sentabrda +12... +17, 5-sentabrda +8... +13, kunduzi 2-sentabrda +25... +30 daraja issiq, 3-5 sentabrda esa +20... +25 darajagacha pasayadi.

Golub u fontana.  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda havo salqinladi

Buxoro va Navoiy viloyatida - yog‘ingarchilik kutilmaydi, shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 va 5-sentabrda +12... +17, 3-4 sentabrda +15... +20, kunduzi 2-3 sentabrda +28... +33 daraja issiq bo‘ladi. 4-5 sentabrda +23... +28 darajagacha pasayadi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida  havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 va 5-sentabrda +12... +17, 3-4 sentabrda +15... +20, kunduzi 2-3 sentabrda +27... +32, 4-5 sentabrda +23... +28 bo‘ladi.

Qashqadaryo v Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-sentabrda +13... +18, 3-5 sentabrda +15... +20, kunduzi 2-3 sentabrda +30... +35, 4-5 sentabrda +28... +33 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. 2-sentabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, momaqaldiroq bo‘ladi, 3-5 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-3 sentabrda +13... +18, 4-5 sentabrda +15... +20, kunduzi 2-3 sentabrda +25... +30, 4-5 sentabrda +23... +28 daraja issiq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda, 2-3 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 4-5 sentabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, momaqaldiroq bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-sentabrda +10... +15, 3-5 sentabrda +8... +13, kunduzi 2-3 sentabrda +17... +22, 4-5 sentabrda +15... +20 daraja issiq bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0