Toshkentda yangi cherkov ochildi

© UzANovaya protestantskaya serkov "Logos" v Tashkente
Novaya protestantskaya serkov Logos v Tashkente  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida yangi katolik cherkovi ochildi.

TOShKENT, 2 sen – Sputnik. Mirzo Ulug‘bek tumanida yangi cherkovning ochilish marosimiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi UzA.  

Yangi cherkovning nomi “Logos” bo‘lib, u katolik masihiylarning protestant mazhabiga qarashlidir. Cherkov ichiga bir vaqtning o‘zida 100ga yaqin kishi sig‘ishi mumkin. Cherkovning tashqi va ichki ko‘rinishi juda kamtarin qurilgan.

– O‘zbekston Respublikasi mustaqilligining o‘tgan 28-yillik davrida mamlakatda din, e’tiqod erkinligiga keng imkoniyat berildi, barcha din vakillarining o‘zlari sig‘inadigan dini amallarini bajarishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan, – deydi “Logos” protestant masihiylar cherkovi bosh pastori Sergey Ternavoy.

– O‘zbekiston hududida To‘liq injil masihiylar cherkovi markaziga tegishli 50 dan ortiq qonuniy tarzda faoliyat yuritayotgan xristian ibodatxonalari bor. Ibodatxonamiz 2005-yil qurilgan, davlat kadastr ro‘yxatidan o‘tgan. Avgust oyi oxirida cherkov davlat diniy idoralari tomonidan tegishli ro‘yxatdan o‘tdi, - deydi pastor.

Cherkovda ibodat qilish uchun butun Toshkent shahri va viloyat hududlaridan xristian protestantlari kelmoqda. Ibodatxonada bir vaqtning o‘zida yuzdan ortiq dindorlar ibodat qilishi mumkin.

© UzANovaya protestantskaya serkov "Logos" v Tashkente
Toshkentda yangi cherkov ochildi - Sputnik O‘zbekiston
Novaya protestantskaya serkov "Logos" v Tashkente
Yangiliklar lentasi
0