Milliy terma jamoalar uchun yangi baza barpo etiladi

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaStadion
Stadion - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Milliy va olimpiya terma jamoalari bazasida mashug‘lotlar o‘tkazish, hordiq chiqarish va tiklanish uchun barcha sharoitlar mavjud bo‘ladi.

TOShKENT, 3 sen – Sputnik. O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi tomonidan terma jamoalar uchun yangi mashg‘ulotlar bazasi barpo etiladi. Bu haqida O‘FA prezidenti Abdusalom Azizov xabar qildi.

Stadion Paxtakor - Sputnik O‘zbekiston
"Paxtakor" stadioni o‘rnida yangi stadion quriladi

Milliy hamda olimpiya terma jamoalari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Azizov O‘zbekiston terma jamoasi musobaqalarga tayyorlanish uchun har yil mehmonxonalarda istiqomat qilib, har xil bazalardan foydalanib kelayotganini va ushbu holat bugungi kun talablariga javob bermasligini aytib o‘tdi. 

Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu vaziyatdan kelib chiqib, assotsiatsiya tomonidan terma jamoalar uchun yangi baza barpo etish rejasi ishlab chiqilgan va bu boradagi dastlabki qadamlar tashlangan. Shuningdek, loyiha O‘zbekiston hukumati va xalqaro futbol tashkilotlari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.

"Bu baza asosiy jamoalarimizning yig‘in o‘tkazishi, mashg‘ulotlar, tiklanish, hordiq  chiqarish va jismoniy holatni yaxshilash uchun barcha sharoitlarga ega bo‘ladi. Qarorgoh bahavo hududda, suv bo‘yida joylashadi. Zamonaviy texnika bilan jihozlanadi", - dedi O‘FA prezidenti. 

Azizov ushbu loyiha milliy futbolning, ayniqsa turli yoshdagi terma jamoalarimizning yangi bosqichga chiqishida va muhim musobaqalarga sifatli tayyorgarlik olib borishida katta xissa qo‘shishiga ishonch bildirdi. 

Yangiliklar lentasi
0