Mingdan ortiq kishi O‘zbekiston fuqaroligini yo‘qotishi mumkin - ro‘yxat

Obuna bo‘lish
Xorijiy davlatlarga doimiy yashashga chiqib ketgan, ammo konsullik hisobiga turmagan O‘zbekiston fuqarolari ro‘yxati e’lon qilindi.

TOShKENT, 3 sen – Sputnik. O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi xorijiy davlatlarga doimiy yashashga chiqib ketgan O‘zbekiston fuqarolar ro‘yxatini e’lon qildi. Ro‘yxatda 1150 kishi haqida ma’lumot keltirilgan.

Ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.

Arenda velosipedov v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Elchixona Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talabalar qo‘lga olinganini tasdiqladi

Ular uch yildan ortiq vaqt oldin xorijiy davlatlarga doimiy yashashga chiqib ketgan, ammo hozirgacha xorijdagi idoralar dastlabki tekshiruvi natijalariga ko‘ra konsullik hisobiga turmagan.

“Shu munosabat bilan, "O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida"gi qonunning 21-moddasiga binoan ushbu shaxslarga nisbatan fuqarolikni yo‘qotish masalasi ko‘rib chiqilmoqda”, - deyilgan xabarda.  

Eslatib o‘tamiz, agar chet elda doimiy yashovchi shaxs uch yil ichida uzrli sabablarsiz konsullik hisobiga turmagan bo‘lsa, bunday shaxslar O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi yo‘qotishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni chiqqan kundan boshlab O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi yo‘qotiladi.

Yangiliklar lentasi
0