TIV Sankt-Peterburgda yong‘in oqibatida jarohatlanganlar haqida ma’lumot berdi

© Sputnik / Aleksey Suxorukov / Mediabankka o‘tishMeditsinskaya sestra
Meditsinskaya sestra - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tashqi ishlar vazirligi Sankt-Peterburgda yong‘in oqibatida jarohatlangan fuqarolar haqida xabar berdi.

TOShKENT, 3 sen – Sputnik. Sham zavodida yuz bergan yong‘in oqibatida jarohatlangan fuqarolarning sog‘liklari holati qoniqarli deb baholanmoqda. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.  

Skoraya pomosh - Sputnik O‘zbekiston
Sankt-Peterburgda O‘zbekiston fuqarosi og‘ir ahvolda topildi

Xabarda aytilishicha, O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi bosh konsulxonasi vakillari sham zavodida yuz bergan yong‘in oqibatida tanasining 34%i kuyib reanimatsiya bo‘limiga tushgan O‘zbekiston fuqarosi A.O. va tanasining 20%i kuyib kasalxonaga yotqizilgan E.A.ning holidan xabar olish uchun I.I.Djanelidze nomidagi Sankt-Peterburg tez yordam ilmiy-tadqiqot institutiga bordilar.

Tegishli muolajadan so‘ng ularning sog‘liklari holati qoniqarli deya baholanmoqda. Shifokorlar bergan ma’lumotga ko‘ra, ular yana taxminan 20 kun shifoxonadan qoladilar.

Shu bilan birga, bosh konsulxona xodimlari qurilish maydonida balandlikdan tushib ketishi oqibatida jarohatlangan O‘zbekiston fuqarosi K.B.ning ham holidan xabar oldilar. U tibbiyot muassasasiga o‘ng qovurg‘asi singan holda joylashtirilgan edi. Ayni paytda zarur muolaja olmoqda va holati yaxshilanmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0