Falastin- O‘zbekiston uchrashuvini boshqarib boradigan hakamlar ma’lum qilindi

© Assotsiatsiya futbola Uzbekistana HASAN PIRMUHAMEDOVMatch Palestina – Uzbekistan rassudit brigada sudey iz Kitaya
Match Palestina – Uzbekistan rassudit brigada sudey iz Kitaya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jahon chempionati-2022 ikkinchi saralash bosqichi uchrashuvlari doirasida O‘zbekiston ilk o‘yinini Falastinga qarshi o‘tkazadi.

TOShKENT, 4 sen - Sputnik. Futbol bo‘yicha JCh—2022 ikkinchi saralash bosqichi 1-turidan o‘rin olgan Falastin — O‘zbekiston uchrashuvini xitoylik hakamlar guruhi boshqarib boradi. Bu haqda O‘FA xabar qildi.

Glavniy trener sbornoy Uzbekistana po futbolu Ektor Kuper  - Sputnik O‘zbekiston
Ektor Kuper: “Hech bir raqibga bepisandlik bilan qarab bo‘lmaydi”

Saralash bahslarining “D” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi ilk o‘yinini safarda Falastinga qarshi o‘tkazadi. Mazkur uchrashuv 5-sentabr kuni Al-Ram shahridagi Falastin terma jamoasining uy o‘yinlarini o‘tkazadigan “Faisal Al-Husseini” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi.

Bosh hakam: Fu Ming (Xitoy)

Yordamchi hakamlar: Huo Veiming (Xitoy), Vang Detsin (Xitoy).

Zaxira hakami: Arafa Muhammad (Iordaniya).

Nazoratchi: Baskar Purushotaman (Hindiston).

Komissar: Shahir Ahmed (Maldiv).

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston milliy jamoasining JCh-2022 saralashidagi ilk o‘yini – Falastinga qarshi uchrashuv oldidan yig‘inga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxati e’lon qilingani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0