Toshkent viloyatida pensioner molxonasidan 5 kg marixuana musodara qilindi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishSpetsialist ekspertno-kriminalisticheskogo sentra issleduyet marixuanu
Spetsialist ekspertno-kriminalisticheskogo sentra issleduyet marixuanu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Quramaovul-Chuvildoq” mahallasida yashovchi 67 yoshli fuqaroning uyi molxonasidan giyohvandlik moddasi topildi.

TOShKENT, 4 sen – Sputnik. Toshkent viloyatida pensioner molxonasidan 5 kg marixuana musodara qilindi.

Konoplya - Sputnik O‘zbekiston
Ikki toshkentlik uyini nashazorga aylantirdi

IIV xabariga ko‘ra, Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan “Qoradori-2019” tezkor tadbiri davomida “Quramaovul-Chuvildoq” mahallasida yashovchi 67 yoshli Sh.N.ning uyi molxonasidan 5 kg. 71 gr. marixuana giyohvandlik moddasi topilib, daliliy ashyo sifatida olingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0