Toshkentda yadro fizikasi oliygohi ochilish marosimidan videolavha

Obuna bo‘lish
2030 yilda AES ishga tushganiga qadar O‘zbekistonda yuzlab kadrlar yetishtiriladi – Toshkentda NIYaU MIFIning birinchi xorijiy filiali ochildi.

3 sentabr kuni Toshkentda Rossiya Milliy yadroviy izlanishlar universitetining (NIYaU MIFI) filiali ochilishi tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda bosh vazir Abdulla Aripov, “Rosatom” bosh direktori Aleksey Lixachev, O‘zbekiston Energetiva vaziri Alisher Sultonov hamda “Rosatom” va “O‘zatom” korporatsiyasi vakillari ishtirok etishdi.

“Bizning mamlakatda MIFIning filiali ochilishi – bo‘lajak AES uchun malakalai kadrlar tayyorlash uchun asos bo‘ladi. Undan tashqari  ushbu oliygoh keljakda minglab yoshlarga yuqori malakali soha – atom energetikasi sohasida ish topishga yordam beradi”, - dedi Abdulla Aripov.

O‘z navbatida Aleksey Lixachev ham O‘zbekistonda atom energetikasi sohasini muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun kadrlar tayyorlash - asosiy masala ekanini ta’kidladi hamda Rossiya va O‘zbekiston orasida ushbu sohada muvaffaqiyatli hamkorlik yo‘lga qo‘yilganidan mamnunligini bildirdi.

Tantanali so‘zlardan keyin mehmonlar ramziy tasmani kesib, O‘zbekistondagi NIYaU MIFIning filiali ochilganini rasman e’lon qilishdi.

Yangiliklar lentasi
0