TOSHKENT, 5 sen - Sputnik. Gʻarb yetakchiligi oʻz poyoniga yetayotgani hech kimga sir emas, bugungi kunda samarali xalqaro tashkilotni Hindiston va Xitoysiz tasavvur qilib boʻlmaydi, deb bayonot qildi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
"Oʻylaymanki, bugungi kunda hech kimga sir emas - prezident (Frantsiya prezidenti Emmanuel) Makron ham yaqinda buni taʼkidladi, Gʻarb yetakchiligi poyoniga yetmoqda", - deb bayonot qildi Putin Sharqiy iqtisodiy forum yalpi majlisida.
Rossiya yetakchisi soʻzlariga koʻra, u bugungi kunda Hindiston va Xitoysiz faoliyat yuritayotgan samarali xalqaro tashkilotni xayoliga ham keltira olmaydi.
Eslatib oʻtamiz, Beshinchi Sharqiy iqtisodiy forum Vladivostokda 4-6 sentyabr kunlari boʻlib oʻtmoqda. "Rossiya segodnya" xalqaro axborot agentligi VEF (sharqiy iqtisodiy forum) bosh axborot hamkoridir.