TOSHKENT, 5 sen – Sputnik. Saratov viloyati Sokoloviy qishlogʻi yaqinida harbiy Mi-8 vertolyoti halokatga uchradi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.
Mudofaa vazirligi maʼlumotiga koʻra, harbiy vertolyot uchish-qoʻnish chizigʻida balandlikka koʻtarilayotgan vaqtda qulab tushgan.
Vertolyot ichida yoʻlovchilar boʻlmagan, ekipaj havo kemasidan chiqishga ulgurgan.
Voqea joyida Harbiy-fazo kuchlari komissiyasi ishlamoqda.