Samarqandlik tadbirkor Umar Rajabov 11-yilga qamaldi

© Samarkandskiy vestnikStroitelniy magnat prigovoren k 11 godam zaklyucheniya
Stroitelniy magnat prigovoren k 11 godam zaklyucheniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqandda "Umar" qurilish kompaniyasi direktori firibgarlikda ayblanib 11-yilga qamaldi.

TOShKENT, 5 sen - Sputnik. Samarqandlik yirik tadbirkor, “Umar” qurilish kompaniyasi rahbari Umar Rajabov firibgarlikda ayblanib 11-yilga qamaldi, deb xabar qilmoqla “Samarkandskiy vestnik” nashri.

“Bugun qurilish kompaniyasi rahbari Umar Radjabov va uning uch nafar yordamchilariga sud hukmi o‘qildi. U. Rajabov 11-yilga, uning o‘g‘li Ruslan Radjabov 8,5 yilga, Sh. Obloqulov – 10-yilga, A. Odilov 9-yilga ozodlikdan mahrum etildi. Sud qaroriga asosan ularning mulki jabrlangan fuqarolar foydasiga musodara qilinadi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, “Umar” qurilish kompaniyasi qurgan uylar atrofidagi mojarolar 2-yildan buyon davom etayotgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ular ruxsatnoma olmasdan turib uy-joylar qurishni boshlagan va bo‘lajak xaridorlardan 900 million so‘mdan ortiq naqd pul mablag‘ yig‘ib olgan. Ushbu holat yuzasidan Umar Rajabov va uning hamkorlari O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3, 4-bandlarida (firibgarlik) ko‘zda tutilgan jinoyatda ayblanib 2019-yilning fevral oyida hibsga olingan edi.

Yangiliklar lentasi
0