Atambayevni qoʻlga olish vaqtida halok boʻlgan spetsnaz oilasiga medal berildi

© Sputnik / Tabyldy Kadyrbekov / Fotobankka oʻtishLyudi smotryat novosti na territorii rezidentsii eks-prezidenta Kirgizii Almazbeka Atambayeva v sele Koy-Tash, gde proshla spetsoperatsiya po yego zaderjaniyu
Lyudi smotryat novosti na territorii rezidentsii eks-prezidenta Kirgizii Almazbeka Atambayeva v sele Koy-Tash, gde proshla spetsoperatsiya po yego zaderjaniyu - Sputnik Oʻzbekiston
"Usenbek Niyazbekovning halok boʻlishi nafaqat uning oilasi va yaqinlari, balki davlat uchun ham ulkan yoʻqotishdir", - deb aytgan Jeenbekov

TOSHKENT, 6 sen - Sputnik. Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov sobiq davlat rahbari Aomazbek Atambayevni qoʻlga olish vaqtida halok boʻlgan spetsnaz xodimi Usenbek Niyazbekov oilasiga medal, deb xabar qildi RIA Novostiga juma kuni prezident matbuot-xizmati.

Ne dali vzyat jivыm ili mertvыm: Atambayev sdelal zayavleniye - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Atambayev va uning oilasiga tegishli boʻlgan 135 ta mol-mulk xatlab qoʻyildi

Jeenbekov juma kuni halok boʻlgan harbiyning onasi, rafiqasi, akasi va oʻgʻli bilan uchrashdi. Avgust oyi oxirida prezident Jeenbekov Niyazbekovni vafotidan keyin "Harbiy burchini ado etayotgan vaqtda koʻrsatilgan jasurlik" medali bilan taqdirlagan edi.

"Prezident Niyazbekovning yaqinlariga "Erdik" ("Jasurlik" - tahrd.) medalini taqdim etdi", - deb xabar qildi matbuot-xizmati xodimi.

Davlat rahbari apparati maʼlumotiga koʻra, Jeenbekov halok boʻlgan spetsnaz xodimi yaqinlariga hamdardlik bildirib, u oʻzining butun umrini vatanga xizmat, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash va mamlakatdagi huquq-tartibot ishlariga baxshida qilganini taʼkidlagan. Terroristik uyushmalarni yoʻq qilishga qaratilgan turli maxsus operatsiyalarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan, milliy xavfsizlik organlari tomonidan berilgan turli mukofotlarga ega.

Storonniki bыvshego prezidenta Kirgizii Almazbeka Atambayeva u yego doma vo vremya spetsoperatsii v sele Koy-Tash  - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Atambayevni qoʻlga olish vaqtidagi tartibsizliklarni oʻrganish uchun maxsus komissiya tuzildi

"Usenbek Niyazbekovning halok boʻlishi nafaqat uning oilasi va yaqinlari, balki davlat uchun ham ulkan yoʻqotishdir", - deb aytgan Jeenbekov.

Qirgʻiziston maxsus xizmati 7-8 avgust kunlari sobiq prezident Atambayevni uning poytaxtdan 20 kilometr masofada joylashgan Koy-Tashdagi qarorgohida qoʻlga olish boʻyicha operatsiyani oʻtkazganlar. Ular sobiq yetakchining tarafdorlariga qarshi maxsus vositalarni qoʻllaganlar. Shundan soʻng Atambayevning tarafdorlari javob zarbasini ochishgan. Operatsiyaning birinchi kunida sobiq prezidentni qoʻlga olishning imkoni boʻlmagan. Atambayevning tarafdorlari maxsus xizmat xodimlarining olti nafarini asir olganlar. Ertasi kuni tarafdorlar va kuch tuzilmalari vakillari oʻrtasidagi toʻqnashuv yangilangan va sobiq prezident kuch tuzilmalari vakillariga taslim boʻlganiga qaramay, tongga qadar davom etgan. Maxsus operatsiya natijasida, Sogʻliqni saqlash vazirligi axborotiga koʻra, 136 kishi jabrlangan. Bir nafar maxsus xizmat xodimi, Niyazbekov halok boʻlgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala