Qiz bolani 14 erkak zo‘rladi - chidab bo‘lmas xo‘rlik prezidentgacha yetib bordi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishDevushka vo vremya dojdya
Devushka vo vremya dojdya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston prezidentidan sodir etilgan ushbu chidab bo‘lmas xo‘rlik bo‘yicha jinoiy ishni shaxsiy nazoratga olishni iltimos qilishdi

TOShKENT, 6 sen – Sputnik. Qozog‘iston Respublikasi Kostonay viloyati Arkalik tumanida qiz bola 14 nafar erkak tomonidan jinsiy zo‘ravonlikka uchradi, deb xabar bermoqda Sputnik Qozog‘iston.

O‘zbekistonda xotin-qizlarni jinsi bo‘yicha kamsitishga yo‘l qo‘yilmaydi

Bu haqda nashrga prezident qoshidagi jamoatchilik ishonchi milliy kengashi a’zosi, qozog‘istonlik advokat Ayman Umarova xabar bergan.

Advokat prezident Kasim-Jomart Tokayevdan ushbu ishni shaxsan nazoratga olishni so‘ragan.

"O‘n to‘rt erkak qiz bolani Arkalik tumanidagi kichik ovulda zo‘rlagan. Qiz oqibatda tuqqan. Politsiya, afsuski, zo‘ravonlarni ushlash chorasini ko‘rmagan. Xalq bitta narsaga ishonmoqda - odil sudlovga. Bu masala bilan shaxsan shug‘ullanishingizni so‘rayman", - degan advokat prezident qoshidagi Milliy kengashning birinchi yig‘ilishi davomida.

Sal oldin Qozog‘iston yetakchisi Kasim-Jomart Tokayev o‘zining Qozog‘iston xalqiga yo‘llagan murojaatida jinsiy zo‘ravonlik, bachabozlik, narkotiklarni tarqatish, odam savdosi, ayollarga qarshi maishiy zo‘ravonlik va boshqa, ayniqsa, bolalarga nisbatan sodir etiladigan og‘ir jinoyatlar uchun jazo choralarini kuchaytirish lozimligini aytgan edi.

Yangiliklar lentasi
0