O‘zbekiston maktablarida "QVZ"ga start berilmoqda

© Komanda KVN "International"Tashkentskaya komanda KVN International
Tashkentskaya komanda KVN International - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
G‘olib jamoa tanlovning respublika bosqichida "Ko‘chma kubok", diplom va noutbuk bilan taqdirlanadi.

TOShKENT, 7 sen - Sputnik. Umumta’lim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida "Quvnoqlar va zukkolar" respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi, deb xabar berdi Xalq ta’limi vazirligi.

KVN uyi ochilish marosimi tantanasi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentlik KVN jamoasini Sochiga "KiViN" xalqaro festivaliga taklif qilishdi

Nizomga ko‘ra, mazkur tanlov XTV tizimidagi maktablarning 8-10-sinf o‘quvchilaridan iborat terma jamoalar o‘rtasida o‘tkaziladi. 

 

Xabarda aytilishicha, mazkur tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan umumta’lim muassasalar nomidan maktab rahbarlari yoki yoshlar yetakchilari 14-sentabrga qadar maxsus sahifa orqali ishtirokchi jamoa talabnomasini to‘ldirishi kerak. Ro‘yxat kelib tushgan talabnomalar asosida shakllantiriladi. 

Tanlov to‘rt bosqichda o‘tkaziladi: tuman (shahar) bosqichi; Qoraqalpog‘iston Respublikasi viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi; hududlararo saralash bosqichi; respublika bosqichi.

Tanlovning birinchi sharti "Besh karra besh - yigirma besh" tanishuv sharti bo‘lib, bunda jamoalarga o‘zlarini xarakteriga ega bo‘lgan ko‘rinishlari, hazil-mutoyiba, kuy-qo‘shiq, raqs va boshqa satirik-yumoristik sahna ko‘rinishlari uyg‘unlashgan holda chiqishlari tavsiya etiladi.

KVN v teatre Rossiyskoy Armii - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston harbiylari MDH "Quvnoqlar va zukkolar" tanlovida 3 o‘rinni egallashdi

Ikkinchi "Zukko, ziyrak o‘quvchi" savol javobi sharti - jamoalarning jamoaviy tartibda bir-birlariga qiziq (mantiqiy) savollar berishi va savollarga javob topishiga asoslangan.

"Bizda hammasi 5" quvnoq chiqish sharti - musiqalar, qo‘shiqlar, taniqli san’atkorlar qo‘shiqlariga o‘xshatmalardan keng foydalangan holda hayotda uchraydigan turli qiziq voqelik, illat, kamchiliklar kulgu ostiga olingan, tarbiyaviy xususiyatga ega teatrlashtirilgan lavhalardan iborat bo‘ladi.

Biatlon sharti (respublika bosqichi uchun) - har bir jamoadan 3 nafar ishtirokchi qatnashishi mumkin. 

G‘olib jamoa tanlovning respublika bosqichida "Ko‘chma kubok", diplom va noutbuk bilan taqdirlanadi. Shuningdek, tanlovning respublika bosqichida ishtirok etgan har bir o‘quvchi-yoshlar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantiriladi.

Yangiliklar lentasi
0