Narkotik sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan dorilar qattiq nazorat ostiga olinadi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishNarkoticheskie veshestva v tabletkax
Narkoticheskie veshestva v tabletkax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 2020-yil 1-yanvardan boshlab barcha dorixonalarda videokameralar o‘rnatiladi.

TOShKENT, 8 avg – Sputnik. O‘zbekistonda 2020-yilning 1-yanvaridan boshlab narkotik sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan dori-vositalarning aylanishi qattiq nazorat ostiga olinadi, O‘zA xabariga asosan.

Medikamenti i preparati dlya zdorovya v meditsinskom punkte - Sputnik O‘zbekiston
Bir mlrd so‘mlik sifatsiz dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Bu haqida O‘zbekiston prezidentining 6-sentabrda imzolangan “Dori vositalari noqonuniy aylanishining oldini olish choralarini kuchaytirish to‘g‘risidagi”, qarorida aytib o‘tilgan.

Qarorda aytilishiga ko‘ra, 2019-yilning 1-dekabridan boshlab kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalar ro‘yxatiga kiritilgan dorilar miqdori nazorat ostiga olinadi va ularning chakana savdosi faqatgina ijtimoiy dorixonalar yoki giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni saqlash va realizatsiya qilish litsenziyasiga ega bo‘lgan dorixonalar tomonidan amalga oshiriladi.

Shuningdek,  2020 yil 1-yanvardan boshlab barcha dorixonalarda dori vositalari va tibbiy buyumlarning realizatsiya (berish) jarayonini uzluksiz ravishda videoga yozib olish va bir oy davomida video-yozuvlarni saqlash tartibi joriy etiladi.

Tabletki tramadola - Sputnik O‘zbekiston
Xorijdan kelgan pochta jo‘natmalari ichida psixotrop dori vositalari borligi fosh etildi

Agar dorixonalarda mazkur talab muntazam ravishda (bir yil davomida ikki va undan ortiq marta) buzilsa, bu holat litsenziyaning amal qilishini o‘rnatilgan tartibda tugatish uchun asos bo‘ladi.

Faqat qishloq oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlari hududida joylashgan dorixonalar va ularning filiallarida hozircha kamera o‘rnatish talab etilmaydi.

Undan tashqari, Toshkentda 2021-yilning  1 martidan boshlab O‘zbekistonda elektron retsept berish tizimi ishga tushiriladi. 2022-yilning 1-martidan boshlab esa ushbu tizim butun O‘zbekiston bo‘ylab ishga tushadi.

Medikamenti i kaska s xolostimi patronami - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda qariyb 243 mln so‘mlik dori-darmon vositalarini o‘g‘irlagan shaxslar ushlandi

Ushbu tizim dorilar aylanish sohasida shaffoflikni, shuningdek belgilangan va sotilgan dori vostalarining miqdori va hisobini nazorat qilishni, dorilardan narkotik sifatida foydalanishni oldini olishni ta’minlashga qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin mahalliy matbuotda Toshkentda aptekalarda sotilayotgan dorilardan narkotik sifatida foydalanish avjiga chiqaari haqidagi ma’lumotlar ko‘pchillikni hayratga solgan edi.

Yangiliklar lentasi
0