Habib Nurmagomedovga zarbop chopon sovg‘a qilishdi  

© REUTERS/Christopher PikeXabib Nurmagomedov protiv Dastina Puarye
Xabib Nurmagomedov protiv Dastina Puarye  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Abu-Dabidagi g‘alabadan so‘ng Habib Nurmagomedovga o‘zbekona zarbop chopon sovg‘a qilishdi.

TOShKENT, 8 avg – Sputnik. Kecha Abu-Dabida bo‘lib  o‘tgan jangdan so‘ng Habib Nurmagomedovga o‘zbekcha zarbop chopon sovg‘a qilishdi.

Tribunadan tashlangan choponni Habib tutib oldi va boshi uzra baland ko‘tarib ortidan kelayotgan jamoa a’zosiga tutqazdi. Ushbu lavhalar aks etgan video bir zumda internetda ommaviylashib ketdi.

Rossiyalik yakkakurashchi, Habib Nurmagomedovning o‘zbekistonlik muxlislari juda ko‘p. Xususan, u AQShda jangga tayyorgarlik ko‘rgan vaqtlarida ham ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbekistonlik sportchilar bilan birga tushgan suratlarini chiqarib turardi. Undan tashqari Nurmagomedov ushbu yilning may oyida O‘zbekistonda bo‘lgan edi.

Yangiliklar lentasi
0