Ikki hafta ichida 1,7 milliard so‘mlik gaz o‘g‘irlangan – O‘zneftgazinspeksiya

© Sputnik / Dmitriy Korobeynikov / Mediabankka o‘tishKirpichniy sex
Kirpichniy sex - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda gazobeton, g‘isht va bitum ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan ulkan miqdorda gaz o‘g‘irlangani aniqlandi.

TOShKENT, 9 sen – Sputnik. Respublika bo‘yicha 2 hafta ichida 1,7 milliard so‘mlik gaz o‘g‘irlangan – deb xabar qildi “O‘ZNEFTGAZINSPEKSIYa”.

“Joriy yilning 16-avgustidan 30-avgustiga qadar Respublika bo‘yicha profilaktika tabirlari natijasida jami 1 mlrd. 698 mln so‘mdan ortiq 2 mln. 98 ming metr kub bo‘lgan tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalangan 133 ulgurji iste’molchi aniqlandi”, - deyilgan xabarda.  

Xususan, Navoiy viloyatida joylashgan “Zararfshon Golden Grup” MChJga qarashli ohak ishlab chiqarish sexida 314 mln so‘mdan ortiq, 315 ming metr kub, Samarqand viloyatida joylashgan “Fortuna Gold Invest Ltd” MChJga qarashli gazbetonli g‘isht ishlab chiqarish sexida 99 mln so‘mdan ortiq miqdordagi 282 ming metr kub, shuningdek, Toshkent viloyatida joylashgan “Progress Agro Business” MChJ, “Dong San” MChJ, “Glass Tech Servis” MChJ, korxonalariga qarashli parrandachilik fermalarida va bitum ishlab chiqarish sexlarida jami 503 mln so‘mdan ortiq 602 ming metr kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

Respublika bo‘yicha yil boshidan boshlab 2000 ga yaqin tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanish holatlari aniqlangan bo‘lib, tegishli choralar ko‘rish uchun hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga topshirildi.

O‘zneftgazinspeksiya xabariga ko‘ra, o‘g‘irlik – qimmatli xom ashyoning aholiga to‘liq yetkazib berilmasligiga, respublika iqtisodiga putr yetkazishga olib keladi, deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0