O‘zbekiston furalari Qozog‘istonda toshbo‘ron qilindi – video

© Sputnik / Sergey Titov / Mediabankka o‘tishRazbitoe steklo. Arxivnoe foto
Razbitoe steklo. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘istonning "Atirau - Astraxan" yo‘lida O‘zbekiston yuk avtomobillari toshbo‘ron qilindi.

TOShKENT, 9 sen - Sputnik. Qozog‘iston hududidan o‘tayotgan O‘zbekiston yuk avtomobillari toshbo‘ron qilindi deb xabar bermoqda Nurillo Nuriddinov ismli haydovchi Facebookda.

“Qozog‘istondagi Atirau - Astraxan yo‘lida O‘zbekistonning 4ta furalariga katta-katta toshlarni otishdi. Mashinaning hamma joyida toshlarning izi qolgan,old oyna ham sinib ketdi. Ular 10ta yosh bolalar edi. Tosh otib qochib ketayapti”,  - deydi haydovchi.

Bundan  biroz oldin internetda aynan ushbu haydovchi tomonidan suratga olingan O‘zbekistonlik haydovchilarni jarimaga tortayotgan qozog‘istonlik huquqni saqlash organ xodimi bilan bo‘lgan tortishuv aks etgan video ham joylashtirilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0