Jamiyat

Dabdabaning dabdalasi: toʻy kortejlari uchun jarima miqdori belgilandi

© Sputnik / Vladimir Vyatkin / Fotobankka oʻtishSvadebnыy kortej.
Svadebnыy kortej. - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, haydovchi 4 million 460 ming soʻm miqdorida jarima toʻlaydi yoki transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum etiladi.

TOSHKENT, 10 sen – Sputnik. Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi YHXBB matbuot xizmati toʻy kortejlari uchun jarima miqdorini eslatdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Obraztsovaya svadba zam xokima Surxandarinskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Surxondaryoda namunali toʻy boʻldi - mehmonlar soni 167 kishi

Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 129-moddasiga asosan mototsikllar va boshqa transport vositalari haydovchilarining yoʻllarda yoʻl harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi yoki avariya holatini keltirib chiqaruvchi guruh boʻlib harakat qilishda qatnashishi bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Hozirgi kunda bu miqdor 669.000 soʻmni tashkil qiladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oydan bir yilgacha muddatga mahrum etishga sabab boʻladi. Ayni vaqtda bu 1.115.000 soʻmni tashkil qiladi.

Transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda yoʻlovchi tana qismlarini (qoʻldan tashqari) salondan chiqarishi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 138-moddasi 4-qismiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Hozirgi kunda bu 223.000 soʻmni tashkil qiladi.

Avtomobili svadebnogo korteja, voditeli kotorыx narushili PDD - Sputnik Oʻzbekiston
Samarqandda dabdabali toʻy korteji haydovchilari jarimaga tortildi

Transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda yoʻlovchi tana qismlarini (qoʻldan tashqari) salondan chiqarishi, mazkur transport vositasi haydovchisiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1285-moddasiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Hozirgi kunda bu 2.230.000 soʻmni tashkil qiladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum etishga sabab boʻladi. Hozirgi kunda bu 4.460.000 soʻmni tashkil qiladi.

Yangiliklar lentasi
0