Shved olimining odam go‘shtini yeyish taklifi o‘zbekistonliklarni larzaga soldi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishZadumchivaya jenshina
Zadumchivaya jenshina - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shved olimining ilmiy sohada qilgan bayonoti tufayli ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbek segmentida qizg‘in bahs-munozara boshlandi.

TOShKENT, 10 sen – Sputnik. Shved olimining ilmiy sohada qilgan bayonoti tufayli ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbek segmentida qizg‘in bahs-munozara boshlanib ketdi.

Pomeshenie morga - Sputnik O‘zbekiston
Shved olimi odam go‘shtini iste’mol qilishga chorlamoqda

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq shvetsiyalik olim Magnus Soderlund iqlimdagi o‘zgarishlarga qarshi kurash uchun odam go‘shtini tanovvul qilish taklifini ilgari surganligi haqida xabar bergan edik.

Olim fikriga ko‘ra, iqlimdagi o‘zgarishlarga insoniyatning qishloq xo‘jaligi sohasi, jumladan chorvachilik sohasidagi faoliyati aybdor. Shu bois, o‘lgan odamlarning go‘shtini iste’mol qilish insoniyatni qutqargan bo‘lar edi, jahon hamjamiyati bu g‘oyaga e’tibor qaratmog‘i lozim, degan olim.

Shved olimining bu taklifiga o‘zbekistonliklar qizg‘in fikr bildirmoqdalar.

Xususan, kimdir bunday taklif bergan olimning go‘shtini yeyish kerak oldin, desa, internet foydalanuvchilarining aksariyati guruh administratoridan bunday "ko‘ngilni aynituvchi" taklif bitilgan postni olib tashlashni qat’iy talab qilgan.

Yangiliklar lentasi
0